Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:29
LoginA'zo bo'lish
“Obod mahallam - yashil mahallam” shiori ostida fotokonkurs bo'lib o'tadi

 14 APREL, 19:50 68

.

Joriy  yilning 10 may kuniga  qadar yurtimiz bo'ylab “Obod mahallam - yashil mahallam” shiori ostida fotokonkurs bo'lib o'tadi. Bu haqda O'zbekiston Ekologik partiyasi xabar berdi.

"Mazkur fotokonkursda  ishtirok etish uchun   o'z hududingizdagi manzarali joylarini  foto va videolavhalarni #Obodmahallam #yashilmahallam xeshtegi ostida F.I.Sh va hududingiz va mahallangiz ko'rsatgan holda ushbu 97-515-07-98  raqamiga telegram orqali jo'nating!

Biz sizlarning ijod namunalaringizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda e'lon qilib boramiz.

Eng yaxshi mualliflik materiallari ovoz berish yo'li orqali shu yilning  10 may kuniga qadar aniqlanadi hamda g'oliblar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Hamkorimiz:  Mahalla va oilani ko'llab-quvvatlash vazirligi", deyiladi xabarda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™