Xayirli tong, Guest!
Soat: 08:24
LoginA'zo bo'lish
Surxondaryoda hamshiraning xatosi tufayli o'quvchi qiz falaj bo'lib qoldi

 14 APREL, 19:45 93

.

Kasb mahorati deganda inson umri davomida shug'ullanadigan faoliyatiga doimo e'tiborli bo'lib, bilim olish orqali tajriba to'plab borishi tushuniladi. Shunday bir kasb borki, agar bu kasbda kichik bir xatolik ham inson sog'ligiga jiddiy putur etkazib, tuzatib bo'lmas xatoliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shifokorlik sohasi ana shunday o'ta mas'uliyatli, chuqur bilim va tajriba talab qiladigan sharafli kasblardan biridir. Bu kasbda o'z faoliyatini doimo vujudi kabi parvarishlab, etuk malaka, bilim, tajriba to'plamay yurishlik og'ir oqibatlargi olib kelishini birgina misol orqali ham bilib olsa bo'ladi.

Sherobod tumanidagi «Katta bog'» mahallasida yashovchi Munavvar Oltiboeva (Ism-familiyalari o'zgartirib berilmoqda) maktabda hamshira bo'lib ishlaydi. Ish faoliyatini davom ettirayotgan vaqtda, 7-sinfda tahsil olayotgan o'quvchi qiz Shahnoza Berdieva unga sog'ligi yomonlashayotganligini aytib murojaat qiladi.

Hamshira M.Oltiboeva voyaga etmagan qizchani sog'ligiga to'g'ri tashxis qo'yish yoki Tez tibbiy yordam ko'rsatish bo'limiga murojaat qilish chorasini ko'rmasdan,  og'riq qoldiruvchi «noshpa» preparatini bemorning mushak osti sohasi (son orqa nerv tolasi o'tgan soha)ga noto'g'ri muolaja (ukol) qilganligi uning sog'ligi yomonlashishiga, ya'ni  o'ng oyoq falaji bo'lib qolishiga sababchi bo'ladi.

Jinoyat ishlari bo'yicha Sherobod tuman sudining hukmi bilan Munavvar Oltiboeva sodir etgan ehtiyotsizlik va malaka sustligi sababli qilgan jinoyati uchun Jinoyat kodeksining 116-moddasi, 1-qismi bilan aybdor deb topilib, bir yarim yil muddatga sog'likni saqlash tizimida ishlash huquqidan mahrum qilish jazosiga tayinlandi.

Zufar NARZIEV,Jinoyat ishlari bo'yicha viloyat sudi sudyasi

Olim TOG'AEV,Jinoyat ishlari bo'yicha Sherobod tuman sudi raisi

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™