Xayirli tong, Guest!
Soat: 07:02
LoginA'zo bo'lish
Chet elga chiqish uchun soxta hujjatlar tayyorlab bermoqchi bo'lgan firibgar ushlandi

 14 APREL, 16:55 79

.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi hamda O'zbekiston Respublikasi DXX tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida, fuqaro A.ning ishonchiga kirib, o'zi va ikki nafar tanishiga Rossiya Federatsiyasiga kirish uchun asos sifatida ularning go'yoki sog'ligida muammolari mavjudligi va ushbu kasalliklarni faqat ushbu davlatda mavjud tibbiy imkoniyatlar orqali davolash lozimligi haqidagi taklifnomalarni tayyorlash va aviachiptalarni olib berish evaziga har biridan 1 300 AQSh dollaridan jami 3 900 AQSh dollarini firibgarlik yo'li bilan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro I.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™