Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:23
LoginA'zo bo'lish
"Damas"da 28 nafar bog'cha bolasini olib ketayotgan farg'onalik haydovchiga qanday jazo ta

 14 APREL, 16:30 82

.

Farg'onada haydovchi "Damas"da 28 nafar bog'cha bolasini olib ketayotgani aniqlandi. Bu haqda «Markaziy studiya» informatsion dasturida ma'lum qilindi.

YPX xodimlari mashinani to'xtatganda, mashina salonida 28 nafar bog'cha tarbiyalanuvchilarini olib ketayotgani aniqlangan. "Damas"ning old o'rindig'ining o'zida 5 nafar bola joylashtirilgan. Mashinaning orqa eshiklari yaxshi yopilmagani ham qayd etilgan.

Haydovchidan tegishli hujjatlar talab qilinganida haydovchilik guvohnomasi ham, boshqa hujjatlar ham yonida yo'qligi aniqlangan.

Ma'lum qilinishicha, haydovchiga tegishli chora ko'riladi, Damas esa jarima maydonchasiga olib boriladi.

«Biroq ushbu bolalarga javobgarlikni o'z zimmasiga olib, lekin o'z kasbiga befarq bo'lib bolalar bog'chasidan mazkur kichkintoylarni begona shaxsga berib yuborgan MTT vakillari-chi? Barcha holatlarni bila turib, bolalar hayotini xavf ostiga qo'ygan ota-onalar-chi?», — deyiladi xabarda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™