Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:58
LoginA'zo bo'lish
"Qasos olish uchun": Samarqandda "Tik-Tok" bilan qo'rqitgan bosqinchilar qo'lga

 14 APREL, 16:00 71

.

Samarqand viloyati. 2021 yilning 08 aprel kuni fuqaro 25 yoshli M.Maqsud Samarqand shahri bo'yicha IIO FMB ga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil 05 aprel kuni 26 yoshli U.Muxiddin uni aldov yo'li bilan Samarqand tumani “Bo'zi” mahallasi hududidagi qarovsiz joyga olib borib, u erda unga tazyiq o'tkazib, narxi 2 200 000 so'mlik “SAMSUNG S-20A” rusumli, narxi 1 500 000 so'mlik “SAMSUNG” rusumli telefon apparatlarini hamda 200 AQSh dollar va 112.000 so'm pul mablag'larini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, ushbu holatni 25 yoshli B.Sherzod videotasvirga olib, videotasvirni “Tik-Tok” ijtimoiy tarmog'iga chiqarib, sharmanda qilish yo'li bilan qo'rqitib, ikki dona telefon apparatlarini qaytarib olishi uchun 5 000 000 so'm pul berishini talab qilayotganligini ma'lum qilgan va shu kuni Samarqand shahri “Kaftarxona” mahallasi hududida U.Muxiddin va B.Sherzodlar M.Maqsuddan tovlamachilik yo'li bilan 400 AQSh dollar olayotgan vaqtlarida ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo'yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan U.Muxiddin va B.Sherzodlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Tergov harakatlari jarayonida, jabrlanuvchi M.Maqsud U.Muxiddin ofitsiant bo'lib ishlagan restoranda ovqatlanib, 1 000 000 so'm pullarni to'lamasdan ketib qolganligi sababli, U.Muxiddin ishdan bo'shatilganligini qasdini olish maqsadida ushbu jinoyatni sodir qilganligi aniqlangan.    

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™