Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:35
LoginA'zo bo'lish
Qozog'iston muftiysi prezidentga sovg'a berdi

 14 APREL, 16:00 70

.

Qozog'iston prezidenti Qosim-Jo'mart Toqaev Musulmonlar idorasi rahbari, muftiy Naurizbay Tag'anulini qabul qildi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Muftiy mamlakat rahbariga Musulmonlar idorasining asosiy faoliyatlari va rejalari, idora amalga oshirayotgan xayriyalar, pandemiya sharoitida Ramazonning o'tishi haqida so'zlab, poytaxt Nur-Sultonda Islom akademiyasi qurilishi boshlangani to'g'risida ma'lumot berdi.

Qosim-Jo'mart Toqaev musulmonlarni Ramazon bilan tabrikladi va ulardan global pandemiya paytidagi cheklovlarga tushunish bilan yondashishlarini so'radi. Prezident epidemiologik vaziyat tez orada yaxshilanishiga va masjidlar to'liq ochilishiga ishonch bildirdi.

Muftiy Naurizbay Tag'anuli Qozog'iston prezidentiga yaqinda nashrdan chiqqan sakkiz jildlik, qozoqcha va ruscha “Tafsirlar saylanma”sini sovg'a qildi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™