Xayirli tong, Guest!
Soat: 08:06
LoginA'zo bo'lish
17 yoshli yigit notanish fuqaroni bog'cha yonida pichoqlab qo'ydi

 14 APREL, 15:25 65

.

2021 yil 9 aprel kuni soat 17:30larda noma'lum shaxs Toshkent shahri Olmazor tumani Beshqo'rg'on-4 dahasi 5- va 3-uylar orasida joylashgan 107-sonli bolalar bog'chasi yonida bo'la turib, unga notanish bo'lgan 17 yoshli Elyor A. bilan hech bir sababsiz janjallashgan va pichoq bilan qorin qismiga bir marotaba urib jarohat etkazgan. 

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko'ra, natijada Elyor A. qorin old devori, o'ng oxirgi qovurg'a ostida sanchilib kesilgan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan.


17 yoshli yigit notanish fuqaroni bog'cha yonida pichoqlab qo'ydi

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani bo'yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni fuqaro 17 yoshli Farrux Z. sodir etgani, u tanishi, 17 yoshli Zafar I. bilan Og'abek G'. o'zaro janjallashayotganida ajratish maqsadida borgan vaqtida u erda bo'lgan Elyor A. bilan janjallashib qolgani aniqlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda, deyiladi ma'lumotda. 


17 yoshli yigit notanish fuqaroni bog'cha yonida pichoqlab qo'ydi

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™