LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 19:50
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Akula. Salomatlikni saqlash uchun aynan unga o'xshash kerak
MUHARRIR: wapusta

10 NOYABR, 23:15 / KO'RILDI: 37

Kundalik jismoniy faollik yoshlik davridagi o'lim ehtimolini sezilarli darajada pasaytiradi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, kuniga 10 daqiqa va undan kamroq vaqt davomida mashqlar bajarishning ham foydasi bor. Barchaning joniga tekkan maslahatlar – mashinani ofisdan uzoqda qoldirish, zinadan chiqib-tushish  hayotingizni saqlab qolishi mumkin.

Harakat o'limni uzoqlashtiradi. U yurak, bel va miya uchun foydali. Odamlar semirishni boshlaganida yoshlaridan o'zini oqlash uchun foydalanadilar. Metabolizm haqiqatan ham yosh o'tgan sayin 10 foizga pasayishiga qaramay, bu ko'proq yoshga emas, mushak to'qimalarining yo'qotilishi bilan bog'liq.

Hayot tarzi ko'proq “o'tirgan holatda” o'tadi, mushaklar yo'qolib boradi, moddalar almashinuvi sekinlashadi, yog' yig'iladi. Harakatsizlik nafaqat tana, balki aqlni ham kuchsizlantiradi. Jismoniy faollik esa aksincha zo'riqish va xavotirning oldini oladi.

O'tirish holatidagi hayot harakatsizlik doirasiga olib keladi. Harakat qilishni to'xtatsangiz, vazn to'playsiz va o'zingizni ruhan ezilgan holatda his qilasiz. Shuning uchun harakat qilish istagi pasayadi. Semirib ketasiz, hayotdan lazzatlanmay qo'yasiz. Bularning bari sizni yana “divanga bog'lab qo'yadi”.

Jismoniy faollik esa aksincha tsikl yaratadi. Harakat kayfiyat, mushak to'qimasi va moddalar almashinuvini ta'minlaydi. Tanangiz xushbichim, bo'g'imlar – serharakat bo'ladi, miya esa ijobiy kayfiyat va ishtiyoqni saqlab qoladi. Harakat qilgingiz keladi va bundan o'zingiz ham zavq-shavq olasiz.

Aylanib ketayotgan tosh mog'or bosmaydi. Harakatchan odam ham kamroq yog' to'playdi.

Pittsburg universiteti olimlari tomonidan olingan kvadritsepslar MRT-tasvirlarini taqqoslang. Birinchisida 40 yoshli triatletning mushaklari, keyingilarida ikkita 70 yoshli erkaklar mushaklari: ulardan biri o'tirish holatidagi hayot tarzini olib boradi, boshqasi triatlon bo'yicha musobaqalarda ishtirok etadi.

Faol turmush tarzini “tashlab qo'ymang”. Lampochka ulab qo'yilgan velosipedni ko'z oldingizga keltiring: u o'chib qolmasligi uchun pedalni to'xtatmay, aylantirish kerak. Salomatlik bilan ham xuddi shunday.

O'zingizni akula kabi tasavvur qiling. Bu oldingi misoldan ham yaxshi. Ba'zi akulalar nafas olishi uchun doimiy ravishda harakat qilishi  kerak.

Odamlar esa tana va aql salomatligini ta'minlash uchun harakat qilishlari lozim. Harakatsiz – o'lasiz. Albatta darhol emas, biroq asta-sekin. Biroq faol turmush tarzini olib borgandagiga qaraganda ancha oldin.

Har kuni mashq qilish shart emas. Zinadan chiqib-tushing. Chemodanni g'ildirak ustida olib yurish o'rniga o'zingiz ko'taring. Ish vaqtidagi tanaffuslarda piyoda yuring va bir necha mashqlar bajaring. Harakat qiling. Yashang.

Manba: xabardor. uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!