Kirish | A'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Futbol muxlisalari (18+)
Yuklamalar ombori (vip)
Qozog'iston koronavirusga qarshi birinchi vaktsinani oldi
MUHARRIR: Aman

1 AVGUST, 19:42 / KO'RILDI: 120

Qozog'iston milliy agrar universitetining Xalqaro vaktsinatsiya markazi (Olma-ota, Qozog'iston) Avstraliyaning koronavirusga qarshi COVAX-19 deb nomlangan birinchi vaktsinasini oldi. "Xabar-24" yangiliklar portaliga ko'ra, vaktsinani markaz direktori Qaysar Tabinov qabul qilib olgan.

Manbaga ko'ra, COVAX-19 vaktsinasi Avstraliyada ishlab chiqarilgan va hali ham klinik sinovlarning birinchi bosqichida.

TASS axborot agentligining qayd etishicha, 30 iyul kuni Qozog'iston mahalliy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan vaktsinaning klinik oldi sinovlari muvaffaqiyatli yakunlangani haqida xabar bergan. Klinik sinovlar sentyabr oyida boshlanishi kerak edi.

Jons Xopkins universitetining so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Qozog'istonda 90 367 ta koronavirus holati qayd etilgan. 793 kishi vafot etgan.

Manba: aniq.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!