Kirish | A'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Futbol muxlisalari (18+)
Yuklamalar ombori (vip)
Lukashenkoning davri tugayapti — OAV
MUHARRIR: Aman

1 AVGUST, 18:33 / KO'RILDI: 72

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko "populizm, sotsializm, qatag'on, rus pullari va Evropaning cheksiz sabr-bardoshi" tufayli uzoq vaqt davomida hokimiyatni ushlab turishga muvaffaq bo'ldi.

Ushbu fikrni bildirgan Britaniyaning "The Economist" nashri jurnalisti yaqinlashib kelayotgan prezident saylovlari Lukashenko uchun butun faoliyati davomida eng qiyin daqiqalardan biri bo'lishini bashorat qildi.

Nashr ta'kidlashicha, Belarusda "adolatli saylovlar" 1994 yilda Lukashenko prezident bo'lgan va Sovet Ittifoqi qulaganidan keyin barqarorlikni tiklashga va'da bergan paytdan beri o'tkazilmagan.

Hozirgi "qatag'onlar" va siyosiy raqiblarning ta'qib qilinishi sharoitida demokratik saylovlar o'tkazish mumkin emas, deydi muallif.

"Uning ikki muxolifi qamoqda va uchinchisi quvg'inda bo'lganligi sababli, ovoz berish jarayonida so'rov o'tkazish taqiqlanadi va ovoz berish jarayonida mustaqil kuzatuvchilarning ishtirokiga yo'l qo'yilmaydi — Lukashenkoning yana g'alaba qozonish uchun barcha imkoniyatlari bor", deyiladi maqolada.

Shu bilan birga, Belorus rasmiylarining qo'rquvlari saylov natijalarining o'zi bilan emas, balki mamlakat fuqarolarining reaktsiyasidan kelib chiqishi kerak. Belorusliklar Lukashenkoga uning koronavirusga "beparvolik bilan munosabati" va siyosiy maydonda uzoq muddatli o'zgarishlarning yo'qligi sababli ishonmay qo'yishi mumkin.

Inglizlar, shuningdek, Lukashenkoga qarshi "o'ynashi" mumkin bo'lgan Rossiya va Belorus o'rtasidagi munosabatlardagi keskinlikni ta'kidladilar.

Manba: aniq.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!