Kirish | A'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Futbol muxlisalari (18+)
Yuklamalar ombori (vip)
Mirziyoev: Musa Erniyazov qahramon xalqning qahramon rahbari edi (FOTO)
MUHARRIR: Aman

1 AVGUST, 17:56 / KO'RILDI: 69

Nukus shahrida O'zbekiston Qahramoni Musa Erniyazovning vafoti munosabati bilan ta'ziya marosimi bo'lib o'tdi.

Unda Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirok etib, marhumning oila a'zolariga, xalqimizga chuqur hamdardlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoev Musa Erniyazov qariyb 50 yillik faoliyati davomida ulkan rahbarlik qobiliyati, insoniy fazilatlari bilan hurmat qozongani, Qoraqalpog'istonning iqtisodiy salohiyatini oshirish, shahar va ovullarni obod qilish, aholi turmushini yaxshilash uchun o'zini ayamay mehnat qilganini ta'kidladi.

- Qoraqalpoq zaminida, Orol halokati yuz bergan o'lkada yashab mehnat qilish – bu haqiqiy matonat. Musa Erniyazov ana shunday qahramon xalqning qahramon rahbari edi. U 18 yil davomida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi deb atalmish o'ta mas'uliyatli va sharafli vazifada samarali faoliyat olib borgani buni yaqqol tasdiqlaydi, - dedi davlatimiz rahbari.


Mirziyoev: Musa Erniyazov qahramon xalqning qahramon rahbari edi (FOTO)

Musa Erniyazov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o'rinbosari sifatida mamlakatimizning barcha hududlarini rivojlantirish uchun muhim qonunlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga katta hissa qo'shgani yodga olindi.

- Alloh taolo Musa og'ani mana shunday muborak Qurbon hayiti va juma kunlarida o'z rahmatiga olganida ham bir xislat borligidan dalolat, deyish mumkin. Barchamiz uchun qadrli bu inson hayotda o'zidan yaxshi nom, yaxshi iz va xotiralar qoldirdi. «Yurt uchun fido bo'lish – o'lim emas, aslida qayta tug'ilish», deydi donolar. Musa Erniyazovning nomi va yorqin xotirasi ham bugun qayta tug'ilmoqda, tarix sahifalariga abadiy muhrlanmoqda, - deya ta'kidladi Shavkat Mirziyoev.


Mirziyoev: Musa Erniyazov qahramon xalqning qahramon rahbari edi (FOTO)


Mirziyoev: Musa Erniyazov qahramon xalqning qahramon rahbari edi (FOTO)

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariev, Qoraqalpog'iston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirining o'rinbosari, Oliy Majlis Senati a'zosi Sharap Usnatdinov, «Qoraqalpoq adabiyoti» gazetasi bosh muharriri, Oliy Majlis Senati a'zosi Guliston Annaqlicheva, Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, O'zbekiston yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog'iston bo'limi rahbari, Oliy Majlis Senati a'zosi Abatbay Daniyarov Musa Erniyazovning el-yurt manfaati yo'lidagi serqirra faoliyati, odamlarga yaxshiliklarini esga oldi.  

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi vakillari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputatlari, Vazirlar Kengashi a'zolari va keng jamoatchilik marhum xotirasiga hurmat bajo keltirib, surati tagiga gullar qo'ydi.

O'zbekiston Qahramoni, atoqli davlat va jamoat arbobi, samimiy va fidoyi inson Musa Tajetdinovich Erniyazovning xotirasi xalqimiz qalbida doim saqlanib qoladi.


Mirziyoev: Musa Erniyazov qahramon xalqning qahramon rahbari edi (FOTO)
Mirziyoev: Musa Erniyazov qahramon xalqning qahramon rahbari edi (FOTO)


Mirziyoev: Musa Erniyazov qahramon xalqning qahramon rahbari edi (FOTO)
Mirziyoev: Musa Erniyazov qahramon xalqning qahramon rahbari edi (FOTO)


Mirziyoev: Musa Erniyazov qahramon xalqning qahramon rahbari edi (FOTO)

 

Manba: aniq.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!