Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:29
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Yana bir bemor AstraZeneca bilan emlangach vafot etdi

 14 APREL, 14:10 81

.

Ispaniyaning Toledo shahrida (Kastiliya-La-Mancha) o'ttiz yoshli erkak koronavirusga qarshi AstraZeneca preparati bilan emlanganidan so'ng vafot etdi, deb xabar qildi Encastillalamancha mahalliy nashri.

Erkak mahalliy institutlardan birida o'qituvchi bo'lib ishlagan. Xabar qilinishicha, u 9-aprel kuni og'ir tromboz bilan kasalxonaga yotqizilgan. Shu kunning o'zida tibbiyot muassasasi mamlakat Sog'liqni saqlash vazirligi va Ispaniyaning Dori vositalari va sog'liqni saqlash mahsulotlari agentligini (AEMPS) bemorga bu preparat salbiy ta'sir ko'rsatgani haqida xabar berdi. Erkak bir necha kun og'ir ahvolda reanimatsiya bo'limida bo'lgan va 12 aprelda vafot etdi.

Hukumat AstraZeneca vaktsinasidan foydalanish natijasida nojo'ya reaktsiya yuzaga kelgan, deb taxmin qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, mart oyida Evropa ittifoqi davlatlarida AstraZeneca bilan emlangan fuqarolarda salbiy oqibatlar yuzaga kelayotgani haqida xabarlar tarqala boshlagan edi.

Birinchi bo'lib bu haqda Avstriya bong urdi. Bu davlatda emlash jarayonidan so'ng bir kishida ko'psonli tromboz yuzaga kelgan va u oradan 10 kun o'tib vafot etgan, yana bir kishi esa emlashdan so'ng o'pka arteriyasi tromboemboliyasi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgandi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™