Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:16
LoginA'zo bo'lish
Orolmirzo Safarov G'ulomjon Yoqubovning tasallisi, bir yilda farzandi, ayoli va onasidan ayrilgani

 14 APREL, 13:45 82

.

O'zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov «Salom live YouTube» kanaliga bergan intervyusida boshiga tushgan og'ir musibatlar hamda 50 yoshida yangi hayot boshlagani haqida so'zlab berdi.

«U davrlarga qaytilganda qalbim bir to'lqinlanadi. Chunki agar hayot bo'lganida o'g'lim Bahrullojon bu yil 26 yoshga kirardi. Peshonamizga sig'madi. Birinchi boy bergan insonimiz Bahrullojon bo'ldi. U 2012 yilda juda kam uchraydigan gemorragik insult kasalligidan vafot etdi. Hali uni zarbalari oqibatlari tugamasdan turmush o'rtog'im Xurshidaxonni tuproqqa topshirdik. Hali bu ikki insonimning tuprog'i sovimasdan onam ham vafot etdi. Shunda o'yladimki, haqiqatan insonni joni temirdan ham qattiq ekan. Inson ruhiyati baquvvat bo'larkan. Yillar davomida ularni eslab, yig'lab yurdim. Meni bu holatdan olib chiqib ketgan inson O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti G'ulomjon Yoqubov bo'ldi. Fotihada o'tirganimizda boshqalar menga tasalli berishga urinardi. G'ulomjon aka esa kelib, ‘Menga hiqqillama’ dedi. Ular ham bir kunda ikki farzandini tuproqqa qo'ygan. ‘Uch kun o'tadi, ishingga borasan, to'ylarga chiqasan, o'lmaysan’, dedilar. ‘O'lganimda men o'lardim’ dedilar. U inson meni g'amlarga chulg'anmasligim uchun atay qattiq gapirdi», — deydi Orolmirzo Safarov.

Shuningdek, taniqli hofiz 50 yoshida yana bir bor otalik baxtiga sazovor bo'lgani haqida ham gapirdi.

«Sayyoraxon ismli keyingi turmush o'rtog'im bilan o'g'il farzandli bo'ldik. Naq 50 yoshimda Alloh farzand ato etdi. Baxtli kunlarimdan nishona sifatida o'g'limning ismini Baxtiyor deb qo'ydim», — deydi Orolmirzo Safarov.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™