Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:18
LoginA'zo bo'lish
O'zbekiston terma jamoasi va «Paxtakor» sobiq bosh murabbiyi koronavirus oqibatida vafot etdi

 31 MART, 22:55 116

.

Braziliyalik mutaxassis Ubiraja da Silva koronavirus oqibatida 23 mart, seshanba kuni olamdan ko'z yumgan.

U 10 kun davomida shifoxonada yotgan, so'nggi kunlarda sog'lig'i yomonlashgan va yakunda muolajalarni ko'tara olmay, vafot etgan.

Ubiraja da Silva 1997-1998 yillar davomida O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlagan. 

Aynan uning qo'lostida O'zbekiston o'zining tarixidagi eng yirik g'alabaga erishgan. 1998 yilgi Osiyo o'yinlarida vakillarimiz Mo'g'uliston terma jamoasini 15:0 hisobida taslim etishgan edi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™