Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:41
LoginA'zo bo'lish
Jizzaxda gaz baloni portlashidan jarohatlangan 7 yoshli bolaning oyog'i kesib tashlandi

 14 APREL, 13:40 96

.

Maxsus yuk avtoulov haydovchisi 13 aprel kuni soat taxminan 07:15 da Sharof Rashidov tumani «Tuyoqli» mahallasi hududida joylashgan «Gulida Qudratova» kompaniyasining gaz quyish shoxobchasidan 20 kub metan gaz quyilishi ko'zda tutilgan gaz baloniga ortiqcha 7 kub siqilgan gazni quydirgani sabab, katta atmosfera paydo bo'lishi natijasida gaz balon portlagani aniqlangan.

Hodisa oqibatida piyodalar o'tish joyida yo'lni kesib o'tish maqsadida turgan ikki kishi — 1982 yilda tug'ilgan erkak ikkala oyog'ining jarohatlari tashxisi bilan va uning 2014 yilda tug'ilgan o'g'li ikkala oyog'ining sinishi tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali jonlantirish bo'limiga yotqizilgan.

Filial direktorining bergan ma'lumotiga ko'ra, 7 yoshli bolaning oyoqlari amputatsiya (kesilgan) qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™