Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:18
LoginA'zo bo'lish
Rossiyadan Turkiyaga charter reyslari to'xtatiladi

 14 APREL, 12:40 71

.

Rossiyada koronavirusni olib kirish va tarqalishining oldini olish bo'yicha tezkor shtab Rossiya yo'lovchi aviakompaniyalarining Turkiyadagi barcha havo portlariga parvozlarini 15 apreldan 1 iyungacha to'xtatishga qaror qilgan.

Bu haqda RBK Rossiyaning aviakompaniyalaridan biridagi manbaga va yirik turoperatorning top-menedjeriga iqtibos keltirgan holda yozmoqda, bu ma'lumotni ismi oshkor etilmagan federal mulozim ham tasdiqlagan.

Ularning fikriga ko'ra, to'xtatilish charter reyslarga ta'sir qiladi, doimiy parvozlarni qanday taqdir kutayotganini manbalar aytishmagan. Bundan tashqari, ulardan birining aytishicha, hukumat rossiyalik sayyohlarni Turkiyadan evakuatsiya qilmoqchi emas, ular muntazam ravishda uylariga olib ketiladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™