Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:52
LoginA'zo bo'lish
Ramazon – 2021: qaysi mamlakatda necha soat ro'za tutiladi?

 14 APREL, 12:20 80

.

Bu yilgi Ramazon oyi 13 apreldan boshlandi. Sizning kun bo'yi necha soat ro'za tutishingiz dunyoning qaysi hududida yashashingizga bog'liq. Masalan, Chili yoki Yangi Zelandiya singari eng janubiy nuqtalarda joylashgan mamlakatlardagi musulmonlar o'rtacha 11 soat, Islandiya yoki Norvegiya kabi shimol davlatlarida yashovchilar esa 18 soat ro'za tutadi.

Bu yil Shimoliy yarimsharda istiqomat qiladigan musulmonlar uchun ro'za soati qisqaroq bo'ladi va qisqarish 2032 yilgacha – Ramazon qishki quyosh turishiga (kunduzi eng qisqa, kechasi eng uzoq) to'g'ri kelgungacha davom etadi. Shundan keyin ro'zaning davomiyligi yozgi quyosh turishigacha (kunduzi eng uzoq, kechasi eng qisqa) ortib boraveradi. 

Oylarning sultonida tutgan ro'zalaringizga O'zi engillik bersin, ajr-mukofotini ziyoda qilsin. Alloh Sizni panohida asrasin, duo-ibodatlaringiz qabul bo'lsin. 

Quyida dunyoning ayrim shaharlarida ro'za necha soat davom etishi keltirilgan:

Nuuk, Grenlandiya: 19-20 soat Reykyavik, Islandiya: 19-20 soat. Xelsinki, Finlyandiya: 18-19 soat Stokgolm, Shvetsiya: 17-18 soat Glazgo, Shotlandiya, Britaniya: 17-18 soat. Oslo, Norvegiya: 17-18 soat Kopengagen, Daniya: 17-18 soat Moskva, Rossiya: 17-18 soat Berlin, Germaniya: 16-17 soat Amsterdam, Niderlandiya: 16-17 soat Varshava, Polsha: 16-17 soat London, Britaniya: 16-17 soat Parij, Frantsiya: 16-17 soat Nur-Sulton, Qozog'iston: 16-17 soat Bryussel, Belgiya: 16-17 soat Tsyurix, Shveytsariya: 16-17 soat Buxarest, Ruminiya: 15-16 soat Ottava, Kanada: 15-16 soat. Sofiya, Bolgariya: 15-16 soat Rim, Italiya: 15-16 soat Madrid, Ispaniya: 15-16 soat Lissabon, Portugaliya: 15-16 soat Afina, Gretsiya: 15-16 soat Pekin, Xitoy: 15-16 soat Vashington, AQSh: 15–16 soat. Pxenyan, Shimoliy Koreya: 15-16 soat. Anqara, Turkiya: 15-16 soat Rabot, Marokash: 14-15 soat Tokio, Yaponiya: 14-15 soat Islomobod, Pokiston: 14-15 soat Tehron, Eron: 14-15 soat Bag'dod, Iroq: 14-15 soat Bayrut, Livan: 14-15 soat Damashq, Suriya: 14-15 soat Qohira, Misr: 14-15 soat Quddus: 14-15 soat Kuvayt, Kuvayt: 14-15 soat G'azo shahri, Falastin: 14-15 soat. Nyu-Dehli, Hindiston: 14-15 soat Gonkong: 14-15 soat Dakka, Bangladesh: 14-15 soat Maskat, O'mon: 14-15 soat Kobul, Afg'oniston: 14-15 soat Riyoz, Saudiya Arabistoni: 14-15 soat Doxa, Qatar: 14-15 soat Dubay, BAA: 14-15 soat Adan, Yaman: 13-14 soat Addis-Abeba, Efiopiya: 13–14 soat. Dakar, Senegal: 13-14 soat Abuja, Nigeriya: 13-14 soat. Kolombo, Shri-Lanka: 13-14 soat Bangkok, Tailand: 13-14 soat Xartum, Sudan: 13-14 soat. Kuala-Lumpur, Malayziya: 13-14 soat. Singapur: 13-14 soat Nayrobi, Keniya: 13-14 soat Luanda, Angola: 12-13 soat Jakarta, Indoneziya: 12-13 soat Brazilia, Braziliya: 12-13 soat. Xarare, Zimbabve: 12-13 soat Yoxannesburg, Janubiy Afrika: 11-12 soat. Buenos-Ayres, Argentina: 11-12 soat. Syudad-del-Este, Paragvay: 11-12 soat. Keyptaun, Janubiy Afrika: 11-12 soat. Montevideo, Urugvay: 11-12 soat Kanberra, Avstraliya: 11-12 soat. Puerto-Mont, Chili: 11-12 soat Kraystcherch, Yangi Zelandiya: 11-12 soat.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™