Xayirli tong, Guest!
Soat: 08:26
LoginA'zo bo'lish
Ever Given kemasi musodara qilindi

 14 APREL, 12:15 70

.

Misrning Ismoiliya shahri iqtisodiy masalalar bo'yicha sudi Suvaysh kanalini to'sib qo'ygan Ever Given konteyner tashuvchisini musodara qilish haqida qaror chiqardi. Shorouk nashrining xabar berishicha, 900 million dollar tovon to'langandan keyin kema qo'yib yuboriladi.

Sud qaroriga binoan Ever Given hozircha sud nazoratida bo'ladi, operator kompaniya esa Suvaysh kanali ma'muriyatiga tovon to'lamaguncha kemadan foydalana olmaydi. Qaror Misrning «Dengiz savdosi to'g'risida»gi qonuniga binoan qabul qilindi.

Tovon summasi kanal ma'muriyatining kemani sayozlikdan chiqarish va kemani ta'mirlash bo'yicha xarajatlar hamda kanalda qatnov to'xtab qolgani tufayli kelib chiqqan zararni o'z ichiga oladi. 

Eslatib o'tamiz, 23 mart kuni Ever Given konteyner tashuvchisi Xitoydan Gollandiyaning Rotterdam shahriga ketayotib Suvaysh kanalida sayozlikka o'tirib qoldi. Oqibatda yuzlab kema yo'lning ochilishini qariyb bir hafta kutishiga to'g'ri keldi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™