Xayirli tong, Guest!
Soat: 08:15
LoginA'zo bo'lish
Farg'onadan Istanbulga dastlabki parvoz amalga oshirildi

 31 MART, 22:10 146

.

Bugun, 31 mart kuni Farg'ona xalqaro aeroportidan Turkiyaning Istanbul shahriga «O'zbekiston havo yo'llari» ning HY277 raqamli reysi bilan ilk parvoz amalga oshirildi.

Airbus A320 Neo havo kemasi bortida 132 nafar yo'lovchi soat 8:50 da Istanbulga uchib ketishdi. 5 soat 40 minut davom etadigan parvoz yakunida samolyot  Istanbul xalqaro aeroportiga qo'nadi.

Ushbu parvozni amalga oshirgan samolyot bugun Turkiya soati bilan 14:00 da Istanbuldan qayta Farg'onaga HY278 raqamli reys bilan qaytadi va soat 20:50 da Farg'ona xalqaro aeroportiga etib keladi.

Farg'ona viloyatining Turkiya bilan to'g'ridan hamkorlik munosabatlari kun sayin yangi bosqichga ko'tarilmoqda.  Farg'ona-Istanbul-Farg'ona yo'nalishida parvozlarning yo'lga qo'yilishi ham  investitsiya, savdo-sotiq, turizm va boshqa ko'plab sohalardagi aloqalarni kuchaytirishi shubhasiz.

O'z navbatida dunyoning etakchi aviakompaniyasi –«Turk havo yo'llari» («Turkish Airlines») ham Istanbuldan Farg'onaga to'g'ridan to'g'ri reyslarni yo'lga qo'yishni rejalashtirmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™