Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:55
LoginA'zo bo'lish
Jizzaxda dahshatli falokat - chiqindi tashuvchi yuk avtomobilining gaz balloni portlab ketdi

 13 APREL, 17:35 85

.

Jizzax shahridagi Mustaqillik ko'chasining «Oybek» nomli xususiy klinika oldidan o'tgan qismida 13 aprel kuni tong soat 7:40 atrofida «Toza hudud» korxonasiga tegishli, Isuzu rusumli chiqindi tashuvchi yuk mashinasining 100 litr hajmli metan gaz balloni portlagan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma'lum qildi.

Hodisa oqibatida piyodalar o'tish joyida yo'lni kesib o'tish maqsadida turgan ikki kishi — 1982 yilda tug'ilgan erkak «ikkala oyog'ining jarohatlari» tashxisi bilan va uning 2004 yilda tug'ilgan o'g'li «ikkala oyog'ining sinishi» tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali jonlantirish bo'limiga yotqizilgan.

Ayni damda "Zamon.uz" muxbiri hodisa tafsilotlarini o'rganmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™