Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:54
LoginA'zo bo'lish
Endi hokimlarning ishda qolish yoki qolmasligi yoshlar bo'yicha ko'targan tashabbusiga bog'liq bo'la

 13 APREL, 17:15 67

.

Shavkat Mirziyoev yoshlar bandligi va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan o'tkazayotgan videoselektor yig'ilishida Prezidentning yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisi A.Abduvohitovda talabchanlik etishmayotganini, Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov foliyatida natija ko'rinmayotganini tanqid qildi.

Yig'ilishda joylardagi muammolar aniq misollar bilan aytib o'tildi. Masalan, Andijon viloyatida 80 ming nafar ishsiz yoshdan birinchi chorakda 35 ming 600 nafarining bandligi ta'minlangan, shundan bor-yo'g'i 5 mingga yaqini doimiy ishlarga joylashtirilgan. Vaholanki, bugungi kunda viloyatda sanoat korxonalari va klasterlarda 7 mingta doimiy vakant ish o'rinlari mavjud.

Jalaquduq, Paxtaobod tumanlari va Xonobod shahrida bo'sh ish o'rinlariga joylashtirishda kamchiliklarga yo'l qo'yilmoqda.

Xuddi shu kabi, ishsiz yoshlarni kasb va tadbirkorlikka o'qitishda ham muammolar bor. Kosonsoyda 4,5 ming nafar ishsiz yoshlarning 31 nafari, Namangan tumanida 3,6 ming nafardan 47 nafari, Taxtako'pirda 1,3 ming nafardan 45 nafari o'qitilgan, xolos.

Shuningdek, yoshlarning o'zini o'zi band qilishi uchun Bandlik jamg'armasidan 7 million so'mgacha subsidiya ajratilishi belgilangan bo'lsa-da, Qashqadaryoda bor-yo'g'i 5 nafar, Andijonda 11 nafar, Qoraqalpog'istonda 76 nafar yoshlarga subsidiya ajratilgan.

Prezident hokimlarning yoshlar bo'yicha har 15 kun, 1 oyda nima tashabbus ko'rsatganiga qarab faoliyatiga baho berilishi, shunga qarab ishda qolish-qolmasligi hal etilishini ta'kidladi.

— 27 yil yoshlarni o'qitmadik, dardiga quloq tutmadik. Yoshlar bizdan 20 baravar ilgarilab ketdi. Ularga etish uchun ko'proq ishlash, o'rganish kerak. 2-3 yil oldin tizim yo'q edi, keyingi paytlarda etarli qarorlar qabul qildik. Endi har bir maktab, kollej, texnikum, hunar-texnika maktablari direktorlari tashabbus bilan chiqishi kerak, — dedi Prezident.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™