Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:34
LoginA'zo bo'lish
Navoiylik erkak qamoqxonada mahbuslarni yo'ldan ozdirmoqchi bo'ldi

 13 APREL, 16:00 78

.

Farg'onalik fuqaro U.A. (ismi-sharifi o'zgartirilgan) muqaddam sodir etgan o'g'irlik jinoyatlari uchun besh marotaba sudlangan, oxirgi marta 2015 yilda sodir etgan o'g'irlik jinoyati uchun sudlanib, jazoni ijro etish koloniyasida ozodlikdan mahrum qilish jazosini o'tab kelayotgan edi. 

Jinoyat ishi hujjatlari hamda sudda aniqlangan holatlarga ko'ra, mahkum U.A Navoiy shahridagi 11-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o'tash davomida ya'ni, 2018 yilning noyabr oyidan 2019 yil yanvar oyiga qadar, “Islom xalifaligi davlati” qurishni o'z oldiga maqsad qilib, butun dunyoda, jumladan O'zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borishi taqiqlangan “Hizb ut-Tahrir al-Islomiy” xalqaro terroristik tashkilotning g'oyalarini qo'llab, terroristik tashkilot g'oyalari bilan yo'g'rilgan varaqalarni qo'lyozma shaklida, matndagi ayrim so'zlarni qisqartirgan holda tayyorlab, turma uchastkasidagi mahkumlarga tarqatgan.

Jinoyat ishlari bo'yicha Navbahor tuman sudi tomonidan 2021 yil  12 mart kuni U.A.ga nisbatan bo'lgan jinoyat ishi sud muhokamasida ko'rib chiqildi va uning aybi sudda to'liq o'z tasdig'ini topdi.    Sud tomonidan U.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 159-moddasining 1-qismi va 2441-moddasining 2-qismi bilan Jinoyat kodeksining 59,60-moddalari tartibida ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, jazoni qattiq tartibli koloniyada o'tash belgilandi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™