Xayirli tong, Guest!
Soat: 07:31
LoginA'zo bo'lish
Buxoroda besh yulduzli «Hyatt Regency» mehmonxonasi ochiladi

 31 MART, 21:05 134

.

Buxoroda «Valor Hospitality Partners» kompaniyasining besh yulduzli «Hyatt Regency» mehmonxonasi ochiladi.

30 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi Aziz Abduhakimov AQShning «Valor Hospitality Partners» kompaniyasi Boshqaruv raisi Euan Mc Glashan boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar olib bordi.

Uchrashuv davomida Aziz Abduhakimov tomonidan mehmonlarga O'zbekistonda turizm sohasida olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar, amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari hamda tadbirkorlik sub'ektlariga berilayotgan imtiyoz va preferentsiyalar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.

Ma'lum qilinishicha, xorijiy hamkor tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar yuqori baholanib, turizm sohasini yanada rivolantirishga doir hamkorlik qilish istagi bildirildi. «Valor Hospitality Partners» kompaniyasi ijrochi direktori Euan Mc Glashan tomonidan O'zbekistonda Hyatt, Accor, Marriot, Hilton kabi dunyoning etakchi brend mehmonxonalar tarmog'ida faoliyat olib boruvchi kadrlar tayyorlovchi ta'lim maskanini ochish bo'yicha taklif berildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar «Valor Hospitality Partners» kompaniyasining mamlakatimizda boshqaruv ofisini tashkil etishga, O'zbekistonning turizm salohiyatini butun dunyoda targ'ib qilish hamda Buxoro shahrida «Hyatt Regency» brendi ostida 5 yulduzli mehmonxona tashkil etish loyihasini amalga oshirishga kelishib olishdi.

 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™