Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:10
LoginA'zo bo'lish
Toshkentda jabrlanuvchining orqasidan kuzatib borgan bosqinchi qo'lga olindi

 13 APREL, 14:10 95

.

Toshkent viloyati. 2021 yilning 10 aprel kuni soat 23:30 larda  Toshkent shahrida joylashgan “Qo'yliq” dehqon bozori qarshisidagi avtoturargohda  43 yoshli O.Suyun Toshkent viloyati Nurafshon shahriga borish maqsadida “Nexia-2” rusumli avtomashinaga yo'lovchi sifatida o'tirgan hamda u bilan noma'lum shaxs ham avtomashinaga o'tirib Nurafshon shahri Birlik mahallasiga qadar kelib, u avtomashinadan tushib qolgan manzilda ushbu noma'lum shaxs ham tushib, uning orqasidan Izzasoy ko'chasigacha kuzatib kelgan va buni O.Suyun sezib qolib qochgan vaqtida noma'lum shaxs uning ortidan quvlab etib olib, uni do'pposlab, tosh bilan bosh qismiga urib, unga tegishli 800.000 so'mlik “SAMSUNG-J 4”, narxi 2.300.000 so'mlik “RedMi Note-9” rusumli telefon apparatlarini hamda 285.000 so'm pullarini olib hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni muqaddam talonchilik jinoyati uchun sudlangan 18 yoshli U.Akbarxo'ja sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.      

Mazkur holat yuzasidan Nurafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan U.Akbarxo'jaga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a” bandi (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™