Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:36
LoginA'zo bo'lish
O'g'irlikni kasb qilgan ayolga jinoiy ish ochildi

 13 APREL, 13:50 60

.

Sherobod tumanida 2021 yilning 28 mart kuni tumanning “Xo'jgi” mahallasida yashovchi, J.N. ismli ayol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni taxminan soat 12.30 lar chamasida, tumanning “Do'stlik” mahallasida joylashgan “Sher baraka” buyum bozoridagi savdo do'konidan ayollar hamyoni hamda uning ichida bo'lgan 90 (to'qson) AQSh dollari, 32.000 (o'ttiz ikki ming) so'm pullari va plastik kartochkasini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. 

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Angor tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan, Ch.Z. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan.

4 aprel kuni o'g'irlikni kasb qilgan Ch.Z. ismli ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™