Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:21
LoginA'zo bo'lish
DXX Andrey Kubatinga ruhiy va jismoniy tazyiq o'tkazganmidi?

 13 APREL, 10:20 57

.

Fuqaro Klara Saxarovaning O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga yo'llagan shikoyatida 2017 yil 25 martda O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ukasi Andrey Kubatinga nisbatan Jinoyat kodeksining 157-moddasi (Davlatga xoinlik qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov davomida A.Kubatinga DXX xodimlari tomonidan ruhiy va jismoniy tazyiq o'tkazilishi natijasida u o'zi sodir qilmagan jinoyatiga iqror bo'lgani, 2017 yil 1 dekabrda esa Respublika Harbiy sudi hukmiga asosan JKning 157-moddasi 1 kismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 11 yil muddatga ozodlikdan maxrum qilingani haqida bayon etilgan. 

Shuningdek, shikoyatda K.Saxarova A.Kubatin 2019 yil 26 sentyabrda jinoyat ishlari buyicha Toshkent viloyati sudi tomonidan oqlanib, ozodlikka chiqarilgani, 2020 yilda esa u «Covid-19» virusi bilan kasallanib, 2020 yil 27 oktyabr kuni vafot etganini ta'kidlab, ukasiga nisbatan tergov jarayonida ruhiy va jismoniy tazyiq o'tkazgan DXX xodimlari harakatlariga qonuniy baho berishni so'ragan.   Aniqlanishicha, mazkur murojaat yuzasidan 2021 yil 9 fevral kuni DXX tergov boshqarmasi tomonidan ushbu tergov harakatlarida qatnashgan DXX xodimlari harakatlari qonuniyligini har tomonlama o'rganib chiqish maqsadida tergovga qadar tekshiruv o'tkazilgan. 

Ish materialaridan ma'lum bo'lishicha, A.Kubatin 2017 yilning 10 aprelidan 2017 yil 14 sentyabrga qadar tergov xibsxonasida saqlangan. 

Xibsxonaga joylashtirish va chiqib ketayotgan vaqtida uning badanida jismoniy jarohatlar kuzatilmagan, u sog'lig'i bo'yicha hech qanday shikoyat bilan murojaat qilmagan va uning sog'lig'i, ruhiy holati mutaxassislar tomonidan ijobiy baholangan. 

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda ushbu jinoyat ishi qonun doirasida o'tkazilganligi xamda fuqaroga huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan hech qanday jismoniy yoki ruhiy tazyiq o'tkazilmaganligi aniqlanib, natijasiga ko'ra jinoyat ishini ko'zg'atishni rad qilish to'g'risida qaror qabul qilingan.

Marhum A.Kubatinga nisbatan to'plangan tergovga qadar tekshiruv materiallari O'zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan nazorat  tartibida o'rganilib, jinoyat ishini ko'zg'atishni rad qilish to'g'risida qarorni bekor qilish uchun asoslar topilmadi. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™