Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:17
LoginA'zo bo'lish
"Sirdaryo" YPX maskanida iste'molga yaroqsiz go'sht mahsulotlari aniqlandi

 13 APREL, 09:35 65

.

O'zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to'g'risida”gi hamda “Veterinariya to'g'risida”gi Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi IIVning 2017 yil 18 iyun kunidagi “O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi karantin tadbirlarini ta'minlash bo'limi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug'ining tegishli bandlariga asosan viloyatimizga kirib kelishi mumkin bo'lgan yuqumli kasalliklarni tarqalishini oldini olish maqsadida, viloyat hududida faoliyat olib borayotgan “Sirdaryo” karantin maskani orqali go'sht-sut mahsulotlarini, parranda, yirik va mayda shoxli chorva mollarini olib o'tayotgan avtotransport vositalari viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda tekshirilib kelinmoqda.

O'tkazilgan tadbirlar davomida Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi J.S boshqaruvidagi "Neksiya" rusumli avtotransport vositasi tekshirilganda hech qanday hujjatlarsiz olib ketilayotgan 329 kg qoramol go'shti borligi aniqlandi. Ushbu go'sht mahsulotlari viloyat “Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi”ga olib kelinib, laboratoriya tekshiruvlaridan o'tkazilganda, iste'molga yaroqsiz ekanligi ma'lum bo'ldi.

Ushbu go'sht mahsulotlari viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining tegishli xulosasiga asosan Guliston tumani "Zarbdor" mahallasi hududida yoqish yo'li bilan yo'q qilindi.

Fuqaro J.S boshqaruvidagi "Neksiya" rusumli avtotransport vositasi tegishli tartibda qonuniy chora ko'rish uchun O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Sirdaryo viloyati boshqarmasi mas'ul xodimlariga tegishli tartibda topshirildi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™