Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:31
LoginA'zo bo'lish
Yurtimizda 13 aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

 13 APREL, 03:20 76

.

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 13 aprel kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo'ladi, vaqti-vaqti bilan o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 6-8, kunduzi 19-21 daraja iliq bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo  biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 22-27 daraja iliq bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi  8-13,  kunduzi  20-25 daraja iliq bo'ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo  viloyatlarida  havo  biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 5-10,  kunduzi 17-22 daraja iliq bo'ladi.

Qashqadaryo  viloyatida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 23-28  daraja issiq bo'ladi.

Surxondaryo viloyatida  havo  o'zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. G'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 10-15,  kunduzi 23-28 daraja iliq bo'ladi.

Andijon, Namangan va Farg'ona  viloyatlarida havo o'zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. G'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 10-15, kunduzi  15-20 daraja iliq bo'ladi.

Respublikamizning tog'li hududlarida havo o'zgarib turadi, tog'oldi va tog'li tumanlarda yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining  2000 metrdan baland bo'lgan tog'li hududlarida qor ko'chishi xavfi bor. G'arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi  2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo'ladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™