Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:12
LoginA'zo bo'lish
Xorijda pulsiz qolgan O'zbekiston fuqarolariga qarz berib turiladi

 12 APREL, 23:00 110

.

Hukumat qarori bilan “O'zbekiston fuqarolariga xorijiy davlat hududida yashash uchun mablag'larsiz qolgan taqdirda, moliyaviy yordam ko'rsatish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

✅ Nizomga ko'ra, konsullik okrugi hududiga vaqtincha kirgan fuqaro yashash uchun mablag'larsiz qolganda, muassasaga moliyaviy yordam (qarz) so'rab murojaat qilishi mumkin.

✅ Muassasa 2 ish kunida fuqarodan ariza va boshqa hujjatlarni qabul qiladi, arizadagi keltirilgan asoslar to'g'riligini tekshiradi, uning xorijda bo'lish sharoitlarini (safar maqsadi, viza, yashash sharoiti) aniqlaydi.

✅ Agar moliyaviy yordam ko'rsatish maqsadga muvofiq deb topsa, Tashqi ishlar vazirligining roziligini olgan holda fuqaro bilan qarz shartnomasini tuzadi hamda oziq-ovqat mahsulotlari, turar joy, kiyim-kechak va transport xarajatlari uchun to'lov o'tkazadi.

Ariza rad qilinganda konsullik mansabdor shaxsi ariza beruvchiga rad etish sabablarini ko'rsatgan holda xabarnoma yuboradi.

Qarz olgan fuqaro uni 30 kun ichida respublika byudjetiga qaytaradi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™