Kirish | A'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Futbol muxlisalari (18+)
Yuklamalar ombori (vip)
Sirdaryoda qancha quruvchi va hasharchilar jalb qilingan?
MUHARRIR: Aman

23 MAY, 07:05 / KO'RILDI: 24

Toshqin yuz bergan hududlarni tiklash uchun 11 ming nafardan ortiq quruvchi va hasharchilar ko'makka kelgan. Ushbu quruvchi va hasharchilar joylashgan 17ta ob'ektda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta'minlashga 120 nafar Milliy gvardiya va ichki ishlar xodimlari jalb qilingan.

Bu haqda Milliy gvardiya tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo'limi boshlig'i To'lqin Qodirov 22 may kungi brifingda ma'lum qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga Milliy gvardiyaning 2500dan ortiq shaxsiy tarkibi, 140ga yaqin maxsus texnika va transportlari safarbar etilgan.

Shuningdek, 3000dan ortiq xonadonlardan fuqarolar yuklari ko'chirilgan, qurilish chiqindilari olib chiqilgan.

Sardoba tumanining “Do'stlik” mahallasidagi 715 ta xonadonda ko'chirish va tozalash ishlari yakunlandi. Ushbu mahalladan 762 ta hujjat topilib, egalariga topshirildi.

Toshqin oqibatida 76ta ko'p qavatli uy yaroqsiz holga keldi.

Talafot ko'rgan aholi orasida 5 mingdan ortiq profilaktik suhbatlar o'tkazilib, jabrlanuvchilarga davlat tomonidan yangi uylar qurib berilishi yuzasidan tushuntirish berilgan.

Eslatib o'tamiz, texnogen ofat oqibatida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida 2 570 ta uy-hovli va 76 ta ko'p qavatli uy yaroqsiz holga kelgan edi.

Manba: aniq.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!