Kirish | A'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Futbol muxlisalari (18+)
Yuklamalar ombori (vip)
“JSST tunu kun ishlamoqda, ammo mablag' kechikmoqda”
MUHARRIR: Aman

23 MAY, 07:00 / KO'RILDI: 12

Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) koronavirus paydo bo'lganidan beri to'xtamasdan ishlamoqda.

Tashkilot o'ziga a'zo bo'lgan 194 mamlakatni virus bilan bog'liq bo'lgan ma'lumotlar va unga qarshi qanday harakat qilish borasidagi maslahatlar bilan ta'minlab kelmoqda.

Bu haqda JSST rahbari Tedros Adhanom Gebreysus juma kuni aytib o'tgan.

“JSST koronavirusga qarshi xalqaro kurashni muvofiqlashtirish uchun tun-u kun ishlamoqda.Tashkilotimiz mamlakatlarga COVID-19 ni engish bo'yicha maslahat bermoqda, davlatlarni virusga qarshi kurashda birlashishga chaqirmoqda, resurslarni shay holatga keltirmoqda va boshqa ishlarni amalga oshirmoqda. Hozirgacha JSST hisobiga koronavirus bilan kurashish dasturlari uchun deyarli 800 million dollar qabul qilindi. Bizga yana 900 million dollardan ortiqroq mablag' kerak bo'ladi” dedi Gebreysus 22 may kuni bo'lib o'tgan virtual sessiyada.

Manba: aniq.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!