Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:03
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Qirg'izistonda referendum va mahalliy saylovlar bo'lib o'tmoqda

 12 APREL, 20:15 97

.

Qirg'izistonda konstitutsiyaning yangi tahriri bo'yicha referendum va mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar boshlandi.

Referendum ishtirokchilari ro'yxatida 3,6 million kishi qayd etilgan. Mahalliy hokimiyat organlariga saylovlarda 420ta shahar va qishloq kengashlaridagi 7560 o'ringa 18772 nomzod da'vogarlik qilmoqda.

Konstitutsiyaning yangi tahriri bilan mamlakatda boshqaruvning prezident shaklini tasdiqlash, Xalq qurultoyi instituti kiritish taklif qilinmoqda.

Shuningdek, taklif qilinayotgan yangiliklar parlament-prezident boshqaruvidan prezident boshqaruvi shakliga qaytishni anglatadi. 10 yanvardagi referendumda uni yoqlab mamlakat fuqarolarining 80 foizi ovoz bergandi. Referendumda saylovchilarning 30 foizdan ko'prog'i ishtirok etsa, bo'lib o'tgan deb tan olinadi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™