Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:09
LoginA'zo bo'lish
«O'zbekistonda shakar muammosi bo'lmaydi» — Rustam Akbarxo'jaev

 12 APREL, 19:35 64

.

Yaqinda global muammoga aylanayotgan masala bo'yicha «Rivojlangan davlatlarda ham shakar muammosi yuzaga kelmoqda. O'zbekistonda vaziyat qanday?» nomli maqola e'lon qilingan edi. Ushbu maqolaga «Angren shakar» MChJ ma'muriyatidan munosabat keldi.

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda yog' muammosi ko'p tilga olinmoqda. Yog' olinadigan xom-ashyo mahsulotlari etarlicha bo'lishiga qaramasdan, yog' tanqisligi sezilmoqda. Xuddi shunday holat shakar mahsuloti bilan ham yuzaga kelishi mumkinmi? Qolaversa, «banka yopish» mavsumi boshlanmoqda. Aholi narxlarning keskin oshishidan xavotirga tushish o'rinlimi?

– O'zbekistonda shakar muammosi bo'lmaydi, – deydi «Angren shakar» MChJ Bosh direktori Rustam Akbarxo'jaev. – Chunki shakar ishlab chiqarish hukumat siyosati darajasida qaralgani bois shakar ishlab chiqarish va etkazib berish tizimli yo'lga qo'yilgan. 2014 yilda biz to'liq shakar mustaqilligiga erishib bo'lganmiz.

Uzluksiz ishlab chiqarish tizimiga o'tgan «Angren shakar» va «Xorazm shakar» zavodlari O'zbekiston aholisining ehtiyoji uchun zarur bo'lgan 700 ming tonnani etkazib bermoqda. Ikkita shakar ishlab chiqaruvchi korxonamiz nafaqat aholini ta'minlash hattoki, eksport qilish imkoniyatiga ham ega.

Muqobili yo'q oziq-ovqatlar ro'yxatining boshida turadigan shakar har doim ham siyosat darajasida jiddiy nazoratni talab qilib kelgan. Unga biroz e'tiborsizlik esa qanday oqibatlarga olib kelishini har bir davlatning hukumatdagilari yaxshi biladi. O'zbekistonda koronavirus pandemiyasi davrida shakar muammosi biroz sezilgan edi. Xalqimizning shakarga bo'lgan ehtiyojini qondirishni Prezidentimizning shaxsan o'zlari nazoratga olganligi bois muammo darhol bartaraf etildi. Ayni damda esa O'zbekistonda shakar tanqisligi sezilmayapti. Bu Prezidentimizning uzoqni ko'zlab ish olib borishining samarasidir.

Narxda ham o'zgarish yo'q. «Angren shakar»dan birjaga chiqayotgan shakar narxi 7 120 so'mni, «Xorazm shakar»niki esa 7 150 so'mni tashkil etmoqda. Xudo xohlasa, bundan keyin ham O'zbekistondagi shakar narxida o'zgarish (ko'tarilish) bo'lmaydi, deb ayta olaman. Xom-ashyo zaxiramiz etarli.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™