Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:44
LoginA'zo bo'lish
«O'zgidromet» hafta davomida kuzatiladigan ob-havo to'g'risida ma'lumot berdi

 12 APREL, 18:55 85

.

Haftaning birinchi yarmida O'zbekiston hududi bo'yicha ob-havo sharoitini markazi Qozog'iston janubiy hududlari ustida joylashgan yuqori tsiklon belgilaydi.

«O'zgidromet» xabariga ko'ra, bugun respublika bo'yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Farg'ona vodiysi viloyatlarining ba'zi joylarida biroz yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin, seshanba kuni Surxondaryo viloyatida momaqaldiroq bilan biroz yomg'ir yog'ishi mumkin. Ushbu kunlarda havo harorati kechalari 5-10 daraja, kunduz kunlari 17-22 daraja iliqni tashkil etadi.

Chorshanba kuni respublika markaziy hududlarida beqaror ob-havo bo'lishi kutilmoqda. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari bo'yicha ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. O'zbekistonning qolgan hududlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq atrofida bo'ladi.

Hafta ikkinchi yarmida respublikaning barcha hududlarida havo harorati haftaning boshiga nisbatan kechalari 9-14 daraja iliq, kunduz kuni 22-27 daraja issiq bo'lgan biroz yuqori, asosan yog'ingarchiliksiz ob-havo bo'lishi kutilmoqda.

Ushbu kunlarda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog'li hududlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko'chishi xavfi bor.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™