Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:28
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Namanganda o'n marta sudlangan o'ta xavfli retsidivistga hukm o'qildi

 12 APREL, 18:10 93

.

Namanganlik qirq bahorni qarshilagan Umid Uzokov (ism-sharif o'zgartirilgan) muqaddam 9 marotaba turli jinoyatlarni sodir etib, o'n yil­dan­ ortiq umrini panjara ortida o'tkazgan. Qo­nun tili bilan aytganda, “o'ta xavfli retsidivist” birinchi o'g'irligini 19 yoshida sodir etgan.

Umid Uzokov o'ta xavfli retsidivist bo'lgani holda 2020 yil may oyi oxiridan iyun oyi boshlariga qadar bo'lgan vaqt oralig'ida Namangan shahar, “Nurafshon” MFY da joylashgan xonadonlarning biri erto'lasiga g'ayriqonuniy ravishda kirib, u erdan mazkur uyning boshqa xonadonida yashovchi jabrlanuvchi A.Azimovaga tegishli bo'lgan 1 dona velosiped, 1 dona gaz plitasi, 3 dona avtomashina g'ildiraklari va 1 dona temir eshikni, jami 5.180.000 so'mlik mulklarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo'lgan joydan yashiringan.

Bundan tashqari, u o'zining jinoiy harakatlarini takrorlab, 2020 yil 16 iyun kuni jabrlanuvchi Rasul Komilovga qarashli bo'lgan “Kamalak mini market” nomli do'koniga g'ayriqonuniy ravishda kirib, do'kondan “Perfektum” uyali aloqa vositasi, “Epa” nomli santexnika dazmoli, shampun, sovunlar, erkaklar atirlari va boshqa narsalar, jami 1.751.000 so'mlik mulklarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo'lgan joydan yashiringan.

Sudda aybi isbotlangan jinoyat uchun jazo hamisha muqarrar. Bu hayotda birovning haqi o'zgaga hech qachon buyurmasligi aniq. Sud davlat ayblovchisining xulosasini, himoyachi fikrini, sudlanuvchi U.Uzoqovni, jabrlanuvchi va guvohlarning ko'rsatuvlarini tinglab, jinoyat ishi hujjatlarini o'rganib chiqib, U.Uzoqovni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “b” bandida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etganlikdagi aybli deb topib, qonun sanktsiyasida belgilangan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Nodirjon Raimqulov,

Jinoyat ishlari bo'yicha Namangan shahar sudi sudyasi

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™