Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:06
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Shavkat Mirziyoev Imron Xon bilan onlayn uchrashuv o'tkazadilar

 12 APREL, 17:55 119

.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon 14 aprel kuni videoanjuman shaklida uchrashuv o'tkazadilar.

Tadbir kun tartibidan ikki tomonlama amaliy sheriklik va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari o'rin olgan.

Asosiy e'tibor Transafg'on temir yo'lini qurish loyihasini birgalikda ilgari surish, o'zaro savdo hajmini oshirish, ikki mamlakatning etakchi korxona va kompaniyalari o'rtasidagi kooperatsiyani kengaytirish, aviaqatnovlarni tiklash, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlarni rivojlantirishga qaratiladi.

O'zbekiston va Pokiston etakchilari xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashib, bo'lajak tadbirlar rejasini ko'rib chiqadilar.

Sammit yakunida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va ta'lim sohalariga oid qator qo'shma hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™