Xayirli tong, Guest!
Soat: 07:24
LoginA'zo bo'lish
Madaniyat vazirligi huzuridagi IK tomonidan musiqa asboblari qimmat narxlarda sotib olinganligi aniq

 12 APREL, 16:00 51

.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan davlat xaridlarida narxlarni oshirib yuborish holatlari yuzasidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan til biriktirib, musiqa asboblarini sotib olish yuzasidan o'tkazilgan tender tanlovida 3,3 mlrd so'mga etkazib berish taklifi mavjud bo'lsada, muqobil qimmatroq variantni ko'rsatgan tadbirkorlik sub'ektini asossiz ravishda tanlovda g'olib sifatida ko'rsatganligi natijasida haqiqiy bozor bahosidan 792,2 mln so'mga qimmat narxda sotib olib, byudjet mablag'lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan kompaniya mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™