Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» UzDERBI.NET - futbol yangiliklari
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
Konor Makgregor yana boks tushmoqchi
MUHARRIR: WapUsta

11 YANVAR, 18:25 / KO'RILDI: 201

UFC sobiq chempioni Konor Makgregor boks bo'yicha sobiq chempion Pol Malinyaji bilan ringda jang qilish borasida muzokara olib bormoqda, deb yozadi Boxing Kingdom o'zining Twitter dagi rasmiy sahifasida.

Konorning Floyd Meyvezer bilan jangidan avval Malinyaji irlandiyalik jangchining mashg'ulotlarida qatnashgan. U bilan birga shug'ullangandi.

Pol Makgregor bilan sparringga tushgan vaqtda Konordan qabul qilgan zarbalari tasvirlangan surat va videotasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketadi. Buni esa Makgregorning jamoasidagilar amalga oshirgandi. Shundan so'ng Malinyaji mashg'ulotlarni bazasini tark etishni afzal ko'radi.

Shundan so'ng Malinyaji Konor bilan boks qoidalariga ko'ra jang qilishga tayyorligini ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez ta'kidlab kelmoqda.

Ma'lumot uchun, professional boksda Malinyaji hisobida 36 ta g'alaba va 8 ta mag'lubiyat mavjud.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!