Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:14
Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
Fazliddin Parpiev AQShdan siyosiy boshpana so'rash harakatiga tushganmi?
MUHARRIR: WapUsta

11 YANVAR, 18:20 / KO'RILDI: 88

Avvalroq, O'zbekiston musulmonlari idorasining sobiq xodimi Mubashshir Ahmad Facebook dagi sahifasi orqali Din va davlat ravnaqi uchun qo'lni qo'lga beraylik nomli maqolani e'lon qilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu maqolada muallif yaqinda O'zbekistondan ketib qolgan Yunusobod tumanidagi Omina masjidi imomi Fazliddin Parpievning Prezident Mirziyoevga yo'llagan murojaati va Amerika ovozi ga bergan intervyusiga ham to'xtalgan. Unga ko'ra, mamlakat yoshlari orasida radikallashuvga moyillik mavjud. Fazliddinning intervyusida ayrim haqiqatlar aytilgan. Lekin shu bilan birga noto'g'ri va maqsadli ma'lumotlar ham zikr qilindi. Jumladan xonadonma-xonadon yurilib, ro'molga qarshi targ'ibot ishlari yuritildi va ko'plarning soqoli oldirildi, deyilishi noto'g'ri. Ro'mol masalasida men bunday xabar eshitmagan bo'lsam, soqol masalasida boshlanishida biroz muammo paydo bo'lgan bo'lsa, hozir hammasi joyida , deb yozadi Mubashshir Ahmad. Fazliddin Parpiev demokratik davlatda diniy erkinlik ta'minlanishi kerakligini aytib, ayrim soqol qo'yganlar, hijob o'raganlar va Qur'onni yodlaganlarga tazyiq bo'layotganini asossiz iddao qilgan. Shundan so'ng, u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Soqol qo'ysangiz, ruschani ham o'rganib oling nomli maqola e'lon qildi va ko'p o'tmay o'zining prokuraturaga chaqirilganini, bu voqeadan keyin mamlakatdan chiqib ketganini aytib chiqish qildi. Fazliddin Parpievning iddaolari bugungacha jiddiy qabul qilingani yo'q. Boisi u hatto prokuratura xodimlarining tomonidan unga qanday munosabatda bo'linganini ham aniq aytib berolmagan. Uning tushunishicha, imomning prokuraturaga chaqirilishi huquqlari toptalishi bilan barobar. Idoraning sobiq xodimi Mubashshir Ahmadga ko'ra, Fazliddin Parpiev AQShdan siyosiy boshpana so'rash harakatiga tushib qolgan: Suhbatdan Fazliddin nima qilib bo'lmasin, siyosiy boshpana so'rash harakatiga tushib qolibdi, degan taassurot qoldi menda. Menimcha muammolarni bunchalik shishirmay va bo'rttirmay ham, boshpanaga ega bo'lish mumkin bo'lsa kerak. Va siyosiy boshpana olmay ham kishi chet elda risoladagidek yashashi mumkin, deb o'ylayman. Muxbir ham Keyingi ikki yilda birinchi marotaba deb yangi qarama-qarshilik davriga start bergisi kelgandek gapirdi . Mubashshir Ahmad maqolasida iddao qilinishicha, Fazliddin Parpievning Prezidentga murojaati va intervyusi bugungi jamiyatning yakdil fikri emas. Va bunga ommaning e'tiborini tortib, siyosiy maqsadlar yo'lida foydalanish noto'g'ri. Bu haqda u shunday yozadi. Fazliddin orqali o'zbek davlatchiligining hozirgi nozik davrida yana eski sahifani ochishga bo'lgan urinishlarga qat'iyyan qarshiman. U nodir voqea va natijasi Fazliddinning o'ziga tegishli bo'lishi kerak. Bunga ommaning e'tiborini tortib, siyosiy maqsadlarda foydalanishlariga yo'l qo'ymaslik lozim. Fazliddin, nima qilgan bo'lsangiz, Alloh uchun qildingiz, savobini Allohdan umid qiling! Oldingi hikmat va farosat haqidagi gaplarim sizga tegishli emas edi, endi bo'lsa sizni ham shunga chaqiraman. Garchi sizning tasarrufingiz juda katta falokatga olib boradi, deb o'ylamasam-da, shunga turtki bo'lib qolishidan xavotirdaman va siz ham mas'uliyatni his qiling! G'animlar tomonidan mana yana O'zbekistonda tazyiqlar boshlandi, deya sizni bunga vosita qilishlariga yo'l qo'ymang. Ilm oling, bering. Xalqni Allohning diniga chaqiring. Ammo aslo kimlarnidir siyosiy maqsadlari qurboniga aylanmang! Shavkat Mirziyoev Prezident sifatida ish boshlagan ilk kunlardanoq mamlakatda diniy sohada juda katta o'zgarishlar kuzatildi. E'tiqod va vijdon erkinligi haqiqiy ma'noda ta'minlandi. Din sohasida amalga oshirilgan islohotlarning esa sanog'i yo'q. Mubashshir Ahmad ham maqolasida shularni nazarda tutgan holda davlat rahbari va amaldorlarning musulmon ekanini alohida urg'ulaydi: Mamlakatimiz musulmon mamlakat. Rahbarlarning biz taniganlarimiz hammalari musulmon. Bunday davlatda davlatga qarshi chiqish, beqarorlik yuzaga keltirish joiz emas. Davlat va hokimiyat maqsadingiz bo'lmasin! Chunki dinning tarqash vositasi ham, nihoiy maqsadi ham hokimiyat bo'lmagan. Payg'ambar alayhissalomga Makka mushriklari tomonidan hokimiyat taklif qilingandagi javoblarini eslang, sizga shuning o'zi kifoya. Siz o'zingizni isloh qilsangiz, men o'zimni isloh qilsam va u o'zini isloh qilsa, jamiyat isloh qilinganlar va davlat isloh bo'lgan davlat bo'ladi-ku. Maqsad shu emasmi asli? Islomga g'ayratingiz, ixlosingiz va bundagi shijoatingiz din xizmati uchun etarli emas. Balki ilm, hikmat yo'lchi yulduzingiz bo'lishi shart. Bo'lmasa aldanasiz, xato qilasiz .

Manba: qalampir.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!