Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
25 million evro o'g'rilagan guruh qo'lga olindi
MUHARRIR: WapUsta

11 YANVAR, 18:10 / KO'RILDI: 26

Ispaniyada pul mablag'lari o'tkazish talabi yozilgan soxta maktublar jo'natish orqali tovlamachilik bilan shug'ullangan jinoiy guruh qo'lga olindi.

Ispaniya, Frantsiya, Germaniya, Italiya, Meksika va Xitoydagi kompaniyalar bu guruhning qurbonlari bo'lgan. O'ttizdan ortiq tovlamachilik holatlari aniqlangan bo'lib, etkazilgan zarar 25 million evro deb baholanmoqda. Ushbu ish doirasida Nigeriya, Dominika, Venesuela va Ispaniya fuqarolari bo'lgan o'n kishi qo'lga olingan.

Ular o'zlarini kompaniya rahbari sifatida tanishtirib moliya bo'linmalari xodimlariga pul o'tkazish so'ralgan nigeriyacha maktublar jo'natishgan.

Soxta hujjatlar asosida ochilgan hisob raqamlariga pul tushganidan so'ng ular pullarni naqdlashtirishgan yoki EI mamlakatlaridagi hisob raqamlariga o'tkazishgan. Pullar u erdan yana Ispaniyaga qaytarilgan yoki Nigeriyaga mahsulot jo'natuvchi kompaniya hisob raqamiga o'tkazilgan.

Guruh ushbu ish bilan uch yil davomida shug'ullanib kelganligi aniqlangan.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!