Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» UzDERBI.NET - futbol yangiliklari
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
2019 yilda dunyoni nimalar kutmoqda?
MUHARRIR: WapUsta

11 YANVAR, 18:10 / KO'RILDI: 199

2019 yilda dunyoni qanday dolzarb siyosiy voqea-hodisalar kutib turibdi? Berlin devori qulashining 30 yilligi va NATO tashkil etilganining 70 yilligi, Buyuk Britaniyaning Evropa Ittifoqidan ajrab chiqishi hamda AQSh qo'shinlarining Suriyadan olib chiqib ketilishi, Evropa parlamentiga saylovlardan tortib Ukrainadagi prezidentlik saylovi jarayoni 2019 yilning eng muhim siyosiy jarayonlariga aylanadi. Shu va boshqa voqealarga qisqacha to'xtalib o'tamiz.

AQSh Suriyadan chiqib ketadimi?

Donald Tramp AQSh prezidenti bo'lib saylangach, mamlakat qo'shinlarining Suriyadan chiqib ketishi borasida turli fikrlar yangradi. Dastlab AQSh qo'shinlari 60 100 kunlik davr ichida olib chiqib ketiladi deyilgan bo'lsa, keyinroq 30 kunlik muhlat aytildi.

Tramp yangi yil arafasidagi murojaatida qo'shinlar Suriyadan bosqichma-bosqich olib chiqilishini ta'kidlagan bshlsa-da, New York Times nashri Tramp amerikalik harbiylarni olib chiqib ketish uchun to'rt oy muddat bergani haqida ma'lumot tarqatdi. AQSh chindan Suriyadan chiqib ketadigan taqdirda mintaqadagi muvozanat o'zgarishi masalasi yangi yilning kun tartibidan joy oladi.

Trampga bo'lgan bosim yanada kuchayadi

O'tgan yilning noyabr oyida bo'lib o'tgan oraliq saylovlar natijasida Demokratlar Kongressdan ko'proq o'rin olishga muvaffaq bo'ldi. Bu degani Vakillar palatasi korruptsiya, qonunga zid harakatlar masalalari yuzasidan Oq Uyni ancha bosim ostiga olishi mumkin.

Buyuk Britaniya Evropa Ittifoqi tarkibidan chiqadi, Turkiya esa

29 mart sanasida Buyuk Britaniya Ittifoqdan rasmiy ravishda chiqib ketadi (agarda ingliz hukumati Lissabon shartnomasining 50-moddasidan belgilangan muhlatgacha foydalanmasa yoki yana bir referendum o'tkazmasa). E'tirof etilishicha, Buyuk Britaniyaning Evroittifoqdan chiqishi Turkiyaning unga kirishi uchun jiddiy imkoniyatni keltirib chiqaradi.

Evropa Ittifoqi va Eron munosabatlari

2018 yilning dekabr oyi o'rtalarida Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va siyosiy xavfsizlik masalalari bo'yicha yuqori martabali vakili Federika Mogerini Eron bilan savdo-sotiq masalasi bilan shug'ullanadigan, AQSh sanktsiyalarini chetlab o'tuvchi, maxsus mexanizm joriy etilishi borasida bayonot bergan edi. Taxmin qilishlaricha, mexanizm 2019 yil boshlaridan ishga tushadi.

Yamandagi sotsial muammo avj olishi mumkin

Eron tomonidan xusiylarning qo'llab-quvvatlanishi va Saudiya Arabistoni, BAAning Yaman hukumatini qo'llab-quvvatlanishi ortidan yuzaga kelgan kurash mamlakatdagi muammolarni yanada jiddiy tus oldirib yuboradi. Xalqaro inqirozlar oldini olish guruhining bayonotiga ko'ra, hozirgi paytda Yamanda 16 million odam oziq-ovqat etishmasligidan aziyat chekmoqda; agar taraflar muammoga ijobiy echim topmaydigan bo'lsa, bu miqdor yanada ortishi mumkin.

NATOning 70 yillik yubileyi

Aprel oyida Vashingtonda blokka a'zo mamlakatlar tashqi ishlarining uchrashuvi ham yilning esda qolarli voqeasiga aylishi mumkin.

Evropadagi o'ta muhim saylovlar

31 martida Rossiya bilan taranglik saqlanib qolayotgan bir vaziyatda Ukrainada prezident saylovi bo'lib o'tadi. Umumxalq saylovi arafasida, jamoatchilik so'rovi natajalariga ko'ra, Ukraina sobiq bosh vaziri Yuliya Timoshenko 21 foiz ovoz to'plagan holda etakchilik qilib bormoqda, amaldagi prezident Pyotr Poroshenkoga ovoz bermoqchi bo'lganlar 10 foizni tashkil qilib turibdi.

23 26 may kuni 400 millionga yaqin evropaliklar Evroparlament saylovlarida ishtirok etadi. Buyuk Britaniyaning Evropa Ittifoqidan ajrab ketishi hisobiga mintaqaviy parlamentdagi deputatlik o'rinlari 751 tadan 705 tagacha qisqaradi. Bundan tashqari, Evropa Ittifoqi saylovchilari orasida o'ta o'ng va populistik kayfiyatdagi partiyalar ovozi ko'pchilikni tashkil etadi.

Polshada shu yili bo'lib o'tadigan saylov natijasi mamlakatning Evropa Ittifoqi va uning Evroparlamentdagi o'rniga ta'sir etadi. Evropa Ittifoqi bilan sovuq munosabatlarni yoqlayotgan Huquq va adolat milliy konservativ partiyasi hamda muxolif Fuqarolik platformasi partiyasining Zamonaviy partiya bilan ittifoqchiligi Evroittifoqi bilan munosabatlarni belgilab olishdagi kurashiga ham jiddiy ta'sir etadi.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!