Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:27
LoginA'zo bo'lish
Qarshida 14 va 17 yoshli qizlar bedarak yo'qoldi

 31 MART, 19:30 153

.

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi ikki nafar qiz qidiruvga berildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ergasheva Zahro Eshmurodovna, 2008 yilda Qarshi shahrida tug'ilgan, millati o'zbek, ma'lumoti tugallanmagan o'rta, Qarshi shahridagi 20-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 6-sinf o'quvchisi, Qarshi shahar, Batosh MFY, Ziyokor ko'chasi, 6-uy 17-xonadonda ota-onasi qaramog'ida yashaydi.Alohida belgilari: bo'yi 135-140 sm atrofida, sochi qora rangda, uzun, qoshlari yoysimon, qalin, qora rangda, ko'zlari qora rangda va o'rtacha kattalikda, yuzi dumaloq shaklda, burni to'g'ri shaklda, o'rtacha kattalikda, quloqlari o'rtacha kattalikda.Egnidagi kiyimlari: Qizil rangli sportivka, oq rangli futbolka, kulrang jinsi shim va oyog'ida qora rangli oyoq kiyimi bo'lgan.

Shuningdek, Jo'raeva Dinora Ilyosovna, 2004 yilda Qarshi shahrida tug'ilgan, millati o'zbek, ma'lumoti tugallanmagan o'rta, Qarshi shahridagi 19-son umumiy o'rta ta'lim maktabining 10-sinf o'quvchisi, Qarshi shahar, Oqtepa MFY, Oydin ko'chasi, 11-uyda ota-onasi qaramog'ida yashaydi.Alohida belgilari: bo'yi 140-145 sm atorfida, sochi qora rangda, qoshlari yoysimon, qora rangda, ko'zlari qora rangda va o'rtacha kattalikda, yuzi ovalsimon shaklda, burni to'g'ri shaklda, o'rtacha kattalikda, quloqlari o'rtacha kattalikda.Egnidagi kiyimlari: Qora rangli kurtka, oq rangli trikosi va oyog'ida oq rangli krasovkasi bo'lgan.Murojaat uchun telefonlar: 102, (75) 221-66-45, 224-41-85, 221-02-15 va 227-22-67 Hozirda Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan qidirilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™