Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:51
LoginA'zo bo'lish
Qibrayda fuqaroga deyarli 22 million so'm qarz undirib berildi

 12 APREL, 12:45 59

.

Majburiy ijro byurosi Qibray tuman bo'limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo'yicha bo'yicha Toshkent viloyati Chirchiq tumanlararo sudining 23.02.2021 yildagi 2-1102-2104/234-sonli ijro varaqasiga asosan qarzdor D.Saylievdan, undiruvchi M.Shodmonova foydasiga jami 21 678 843 so'm undirish to'g'risidagi ijro hujjati bo'lim ish yurituviga kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati O'zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida”gi Qonunning  23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risida qaror qabul qilinib, qaror nusxalari taraflarga yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga nisbatan Qonunning  42-1-moddasiga asosan O'zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan. Shuningdek, qarzdor  D.Saylievning mol-mulklarini aniqlash maqsadida Qonunning 21,87-moddalariga asosan tegishli tashkilotlarga  so'rovnomalar yuborilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor D.Saylievdan, M Shodmonovaga 21 678 843 so'm etkazilgan zarar pullari  davlat ijrochisi tomonidan undirib berilgan. 

Mazkur ijro hujjati O'zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan amalda ijro etilganligi sababli, ijro hujjati tamomlandi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™