Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:49
LoginA'zo bo'lish
Erondagi yadro zavodida avariya sodir bo'ldi

 12 APREL, 11:00 71

.

Eronning Isfaxon markaziy viloyatidagi sahroda joylashgan zavodda elektr tarmoqlari bilan bog'liq halokat sodir bo'ldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Muassasa mamlakatdagi uranni boyitish dasturining markaziy qismi hisoblanadi va MAGATE inspektorlari tomonidan nazorat qilinadi. 10 aprel kuni Natanz zavodi uranni boyitish uchun yangi rivojlangan tsentrifugalarni (markazdan chalg'ituvchi qurilma) ishga tushirdi.

«Hodisa oqibatida qurbonlar va zaharlanish holatlari bo'lmadi», — deb xabar berdi Eron Atom energiyasi tashkilotining rasmiy vakili Behruz Kamalvandi.

Shuningdek, halokat sabablari aniqlanayotgani haqida xabar berildi.

Avvalroq Indoneziyaning neftni qayta ishlovchi Pertamina Balongan zavodida sodir bo'lgan yong'in oqibatida 5 kishi qattiq kuyish, 15 kishi engil jarohat olgani haqida xabar berildi. Mumbaydagi Dreams Mall savdo markazida joylashgan koronavirus bemorlari davolanayotgan Sunrise Hospital shifoxonasida sodir bo'lgan yong'in oqibatida esa 10 kishi halok bo'ldi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™