Xayirli tong, Guest!
Soat: 07:37
LoginA'zo bo'lish
Andijonda ayol 3 oylik chaqalog'ini pullamoqchi bo'ldi

 12 APREL, 10:25 55

.

Inson borki, yosh bolalarga, ayniqsa norasida chaqaloqlarga mehri bo'lakcha bo'ladi. Chaqaloqlarni asrab-avaylaydi, mehr bilan parvarishlaydi. Shu sabab bo'lsa kerak qadimdan yurtimizda ota-bobolarimiz “Bolajon xalq” deb noma chiqargan. Biroq so'nggi vaqtlarda ba'zi bir kimsalar vaqtinchalik qiyinchiliklarga dosh berolmay o'zi tuqqan bolasini sotishdek jirkanch ishlarni qilishgacha etib borishmoqda.

Asli Izboskan tumanidan bo'lgan, ammo turmushidan ajrab, Andijon shahrining turli joylarida ijarada yashab yurgan Guljahon 1 nafar farzandini muqaddam ijarada yashab yurgan ayolga qoldirib, yangi tanishi, bosqinchilik, o'g'irlik kabi jinoyatlari uchun “o'tirib” chiqqan Otabek ismli yigit bilan tanishib qolib, Otabekning Andijon shahridagi uyiga ko'chib o'tib qo'ya qoldi. Bu uyda Otabekdan tashqari turmushga chiqmagan singlisi Fotimaxon ham yashar edi.

Guljahon Otabek bilan er-xotin bo'lib yashayotganida Guljahonning kimdan ekanligi noma'lum bo'lgan 5-6 oylik homilasi bor edi.

Vaqti-soati bilan Guljahonning ko'zi yoriydigan bo'lgach, Otabek uni Marxamat tumanidagi tug'ruqxonaga olib bordi. Guljahon  u erda qizlik bo'ldi. Otabek qizchani o'zining qizi sifatida tan olib, rasmiylashtirdi. Albatta, Otabekning bunday ishini faqat olqishlasa bo'lardi. Ammo…

Qizcha 3 oylik bo'lgach, Guljahon avval ijarada yashagan uydagi ayoldan qoldirgan bolasini boqib berganligi uchun 500 AQSh dollari miqdorida qarzdor bo'lib qolganini, qarzini to'lash uchun pul kerakligini, qizchasisini boqishga qiynalyoatganini aytib, qizchasini sotish harakatiga tushib qoldi. Bir muddat oldin otasi noma'lum chaqaloqni o'z nomiga rasmiylashtirgan Otabek negadir Guljahonning bu harakatni qo'llab-quvvatladi. Tabiyiki, Guljahonning 3 oylik chaqalog'ini sotmoqchi bo'lyoatgani to'g'risidagi xabar tarqalib, kerakli idoralargacha etib bordi.

Shundan so'ng ular yashayotgan xonadonga chaqaloqni ko'rgani “er-xotin mijoz” keldi. Shu erda Guljahon Otabek orqali “mijoz”ga qiz chaqalog'ini 700 AQSh dollariga sotmoqchi ekanini bildirdi. Og'zaki kelishuvdan so'ng ular Andijon shahridagi “Daryotrans” yonida ko'rishmoqchi bo'lishdi.

Endi faqat 700 AQSh dollarini “mijoz”dan sanab olishu o'rniga chaqaloqni va uning tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomasini berish qolgandi… Aytilgan vaqtda aytilgan manzilga Otabek, uning singlisi Fotima va chaqalog'ini ko'targan Guljaxon etib borishdi. “Mijoz” bergan 700 AQSh dollarini Fotima olib, sanab, 500 AQSh dollarini akasi Otabekga berdi. Qolganini o'zida olib qoldi. Mana shundan so'ng Guljaxon chaqalog'ini “Mijozga” uzatdi va ortidan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomasini ham berib, tilxat ham yozib berdi.

Tabiiyki, Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari paydo bo'lishib, odam savdosi bo'yicha jinoyat sodir etilayotganini bildirishib, ularni qo'lga olishdi.

Sud jarayonida Otabek aybiga qisman iqrorlik bildirib, notariusda ishlagan tanishiga qo'ng'iroq qilib, holatni aytgani, tanishi bolaning tug'ilganlik guvoxnomasini va onasini pasportini olib Andijon shahridagi “Baxt uyi” oldidagi notariusga borish kerakligini, ushbu notariusda bolani boshqa shaxsga o'tkazib berishini tushuntirganini. Shuning uchun ushbu ishni qonuniy deb bilgani, o'zini jinoyat haqida xabar bermagani uchun aybdor hisoblashini. O'sha kuni Guljaxon, uning chaqalog'ini singlisi Fotima bilan “Baxt uyi”ni yoniga borishganini. “Mijoz” ularni “Daryotrans” tashkilotini oldida kutayotganini bilgach, u erga borishib, Guljaxon Gulzoda ismli chaqalog'ini “mijoz”ning turmush o'rtog'iga bergani. Shu orada o'ziga qo'ng'iroq bo'lgani sababli chetroqqa o'tib, telefonda gaplashib, birozdan so'ng qaytib kelgan vaqtida singlisi Fotima “mijoz”dan olgan 700 AQSh dollaridan 500 AQSh dollarini bergani. Guljaxon tilxat yozib berib, chaqaloqni tug'ilganlik haqidagi guvohnomasini bergani. Shu vaqtda oldilariga bir necha fuqarolar kelishib, o'zlarini Departament xodimlari deb tanishtirishib, ularga nisbatan tezkor tadbir o'tkazilayotganini va Guljaxonga chaqaloq farzandini 700 AQSh dollariga “mijoz” ga sotganlikda gumon qilinayotganligini aytishgani. O'zi va Guljaxon 700 AQSh dollarini xodimlarga taqdim qilishgani. Guljaxon farzandini birorta shaxsga berib yubormoqchi bo'lib yurganini aytganini. Katta farzandi garovda turgani uchun pulga sotishga majbur bo'lganini. O'zi singlisidan olgan 500 AQSh dollarini Guljaxonni farzandini garovdan chiqarib berish uchun olganini. O'zi bu ishlarni jinoyat ekanini bilmaganini. Hozirda sodir etgan qilmishidan chin ko'ngildan pushaymon ekanligini aytib, suddan engillik berilishini so'radi.

Sudda guvoh sifatida so'ralgan B.Qambarova Otabek va Fotimalarni tanimasligini, Guljaxonni tanishini. Guljaxon uni yashash xonadonida ijarada yashagani. Guljaxonni tug'ruqxonadan chiqishi uchun o'zi sarf-xarajat qilgani, Guljaxonni katta farzandini chaqaloqligidan boqib kelgani, ularga mehri tushib qolgani. Guljaxonni farzandini boqib bergani uchun undan pul talab qilmaganini. Undan 500 AFSh dollari so'ramaganini. Hozirda Guljaxon uni uyida yashab kelayotganini. Farzandini garov sifatida ushlab turmaganini. Guljaxonni bolasini pul uchun boqmaganini. Guljaxonni undan qarzi yo'qliginini. Guljaxonni farzandi unda garovda bo'lmagani haqida aytib, ko'rsatuv berdi.

Sudlanuvchi Otabek sud majlisida Guljaxonni farzandini sotishdan mulkiy manfaatdor bo'lmaganini, bu ishni jinoyat ekanini bilmaganini aytib bergan ko'rsatuvi sud majlisida so'roq qilingan sudlanuvchilar Guljaxon va Fotimalarni chaqaloqni sotishdan xabarlari bo'lgani, “mijoz”dan olingan 700 AQSh dollarini, 500 AQSh dollarini Otabek olganini, 200 AQSh dollari Fotimada qolgani, shuningdek, Guljaxonni katta farzandi 500 AQSh dollari evaziga hech qanday garovda turmagani, sud majlisida so'roq qilingan guvoh B.Qambarovani ko'rsatuvi bilan ishonchga sazovor emas deb hisobladi.

Sud hukmi bilan Otabek 5 yil muddatga ozdlikdan mahrum etildi. Guljaxonni ayol kishi ekanini, yosh chaqaloq farzandi borligini, turmush o'rtog'i yo'qligini, ular onasini mehriga muxtoj ekanini, unga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan taqdirda farzandlari ona mehridan maxrum bo'lishini, uni hulqini jamiyatdan ajratmagan holda qayta tarbiyalash mumkin deb hisoblab, Jinoyat kodeksining 72-moddasini tadbiq qilib, tayinlangan jazoni shartli jazoga almashtirishni; Fotimaga jazo turi va me'yorini tayinlash chog'ida jazoni og'irlashtiruvchi holatlar sifatida jinoyatni g'arazli va boshqa past niyatlarda sodir qilganini, qilmishidan chin ko'ngildan pushaymonligini, muqaddam sudlanmaganini, oilaviy sharoitini, ayol kishi ekanini, qaramog'ida bir nafar voyaga etmagan farzandi, ya'ni 7 oylik farzandi borligini jazoni jiddiy kamaytiruvchi holatlar sifatida baholab, uni ayol kishi ekanini, yosh chaqaloq farzandi borligini, yosh chaqalog'i onasini mehriga muxtoj ekanini, unga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan taqdirda farzandi ona mehridan maxrum bo'lishini, uni hulqini jamiyatdan ajratmagan holda qayta tarbiyalash mumkin deb hisoblab, Jinoyat kodeksining 72-moddasini tadbiq qilib, tayinlangan jazoni shartli jazoga almashtirishni lozim topdi.

 U.ShERALIEV, jinoyat ishlari bo'yicha Andijon shahar sudining sudyasi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™