Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:36
LoginA'zo bo'lish
BAA ilk bor fazoga arab ayolini jo'natadi

 12 APREL, 06:05 69

.

Birlashgan Arab Amirliklari fazoga jo'natadigan navbatdagi 2 fazogir nomini e'lon qildi. E'tiborlisi, 4 ming nomzod ichidan tanlab olingan fazogirlardan biri ayol kishi. U fazoga yo'l oladigan birinchi arab ayoli bo'ladi.  

BAA bosh vaziri Muhammad bin Roshid Ol Maqtumning ta'kidlashicha, tanlab olingan bo'lg'usi fazogirlar – Muhammad al-Mulla va Nura al-Matrush yaqin orada NASA’ning astronavtlarni tayyorlash dasturiga qo'shiladi.  

2019 yil 25 sentyabrda Boyqo'ng'ir kosmodromidan «Soyuz-FG» raketasida BAAning birinchi fazogiri Hazza al-Mansuriy fazoga parvoz qilgandi. Unga parvozi davomida rossiyalik Oleg Skripochka va amerikalik Jessika Mur hamrohlik qilgandi. 

Al-Mansuriy Xalqaro koinot stantsiyasida 8 kun bo'lgach, rossiyalik Aleksey Ovchinin va amerikalik Nik Xeyg bilan birga 3 oktyabrda «Soyuz MS-12» kemasida Erga qaytgan. Al-Mansuriy koinotga parvoz qilgan ilk BAAlik fazogir va XKSda bo'lgan ilk arab bo'ldi. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™