Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:27
LoginA'zo bo'lish
Xitoy koronavirusga qarshi o'z vaktsinalarining samaradorligi pastligini tan oldi

 12 APREL, 05:50 66

.

Xitoyning kasalliklar tarqalishini nazorat qilish markazi Xitoyda koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan vaktsinalarning samaradorligi pastligini tan oldi. Bu haqda markaz direktori Gao Fuga tayanib The New York Post nashri xabar berdi. 

Gao Fu nashrga bergan intervyusida Xitoy vaktsinalarining samaradorligi pastligini tan olgan.

«Hozirda emlash uchun turli vaktsinalarni qo'llash variantini o'rganmoqdamiz», — deb aytgan xitoylik mutaxassis.

Ma'lumotlarga ko'ra, Xitoyning keng qo'llanayotgan Sinovac kompaniyasi vaktsinasi samaradorligi 50 foizdan sal ko'proqni tashkil qiladi. Bu orada xorijiy vaktsinalar ancha yuqoriroq samaradorlikka ega.

Bundan tashqari, Xitoy o'z hududida xorijiy vaktsinalarni qo'llashga ruxsat bermagan. Biroq mamlakatda mahalliy vaktsinalar past samarali bo'lsa-da, ular bilan ommaviy emlash davom etmoqda. Rasmiy Pekinning ta'kidlashicha, yoz o'rtasigacha mamlakatning bir milliarddan ko'proq aholisi koronavirusga qarshi emlanadi.

Xitoylik mutaxassislar turli vaktsinalarni qo'llash tajribasidan foydalanishlari mumkinligini istisno etishmayapti. Ayni vaqtda dunyoda emlash samaradorligini oshirish uchun turli vaktsinalarni birgalikda qo'llash bo'yicha sinovlar o'tkazilmoqda.

Misol uchun, britaniyalik mutaxassislar AstraZeneca vaktsinasi samaradorligi 60 foizga yaqinni tashkil qilgani sababli, uni ancha samarali bo'lgan Pfizer vaktsinasi bilan birgalikda qo'llash imkoniyatini o'rganishmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™