Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:19
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
DXXning sobiq binosi, «Malika», «Sijjak» va boshqa ob'ektlar sotuvga qo'yildi

 11 APREL, 21:35 71

.

«Brodvey»dagi DXXning sobiq binosi, «Malika» bozori va boshqa ob'ektlar, shu jumladan birinchi prezidentning qizi Gulnora Karimovaga tegishli bo'lgan «Sijjak» dam olish zonasini sotib olishga arizalar qabuli boshlandi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkentdagi Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq markaziy binosini sotib olishga arizalar qabuli boshlangani to'g'risida xabar qildi.

Gap shahar markazida, Yunusobod tumanidagi Sayilgoh ko'chasida joylashgan «Markaziy bino» haqida ketmoqda. Ob'ekt xususiy tadbirkorlarga sotilayotgan 15 ta davlat aktivi ro'yxatidan o'rin olgan.

Er uchastkasining umumiy maydoni 2,2 gektar, bino va inshootlarning maydoni 40 243 kv. m, bino maydoni — 9376 kv. m, kommunikatsiya tarmoqlari (suv, gaz, elektr, issiqlik) mavjud.

Mazkur ob'ektdan kelgusida ofis, savdo, savdo-ko'ngilochar, madaniy-xordiq, sport, turistik va boshqa xizmatlar ko'rsatish faoliyati yo'nalishlaridan biri yoki bir nechtasini amalga oshirilishi talab etiladi.

Davlat aktivlarini boshqalari agentligi binoning 360 darajalik panorama tasvirlarini ham taqdim etdi.

Fevral oyida Toshkentda Diplomat university xususiy universiteti ochilishi, uning DXX sobiq binosiga joylashishi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.

 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™