Xayirli tong, Guest!
Soat: 08:28
LoginA'zo bo'lish
30 yoshda ismni o'zgartirsa bo'ladimi?

 31 MART, 19:05 149

.

— 30 yoshda ismimni o'zgartirsam bo'ladimi? Qanday hujjatlar kerak bo'ladi?

— Albatta, bo'ladi. Oila kodeksining 226-moddasida familiya, ism va ota ismini o'zgartirish tartibi haqidagi qoidalar ifoda etilgan.

Unga ko'ra, fuqaroning familiya, ism va ota ismini o'zgartirish to'g'risidagi arizasi o'n olti yoshga to'lgandan keyin o'zi yashab turgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan ko'rib chiqilishi, familiya, ism va ota ismini o'zgartirish to'g'risidagi xulosa ichki ishlar organlari tomonidan ushbu shaxs tegishlicha tekshiruvdan o'tkazilgandan keyingina tuzilishi mumkinligi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining familiya, ism va ota ismini o'zgartirishni rad etganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkinligi belgilangan.

Ariza beruvchi 16 yoshga to'lgach turar joydagi FHDYo organiga yuqoridagi masala yuzasidan ariza berishi mumkin.

Familiya, ism, ota ismini o'zgartirish to'g'risidagi arizaga:

ariza beruvchining tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi; agar ariza beruvchi nikohda turgan bo'lsa, u holda nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi, agar nikohdan ajratilgan bo'lsa — nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnomasi; agar ariza beruvchining voyaga etmagan bolalari bo'lsa, u holda bolalarining tug'ilganlik haqidagi guvohnomalari; ariza beruvchining pasportidan yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatidan ko'chirma; agar ariza beruvchi voyaga etmagan yoki sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo'lsa, u holda ota-onasining yoxud vasiy yoki homiyning arizasi; 1 dona (3x4 o'lchamli) fotosurat ilova qilinadi.

Familiya, ism, ota ismini o'zgartirish to'g'risidagi arizalar FHDYo bo'limlari tomonidan quyidagi hollarda ko'rib chiqiladi:

«Davlat tili haqida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga binoan;

sudning hal qiluv qarori asosida;

agar familiya va ism eshitilishda yoqimsiz bo'lsa;

agar familiya va ism millatiga to'g'ri kelmasa;

xohishga qarab nikohgacha bo'lgan familiyaga (nikohda turgan davrida ham, nikohdan ajratilgandan keyin ham) qaytishda;

oila uchun umumiy familiyada bo'lish istagi paydo bo'lganda (agar nikoh tuzish paytida er-xotin umumiy familiya qabul qilishmagan bo'lsa);

16 yoshga to'lgan shaxsga otalikni belgilashda.

«Davlat boji to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan Davlat boji stavkalariga ko'ra, 18 yoshgacha familiya, ism va ota ismini o'zgartirganlik uchun BHMning 50 foizi miqdorida 18 yoshdan yuqori shaxslarga BHMning 100 foizi miqdorida davlat boji hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2012 yil 25 apreldagi Gerbli guvohnomalar shakllarini va ularni berganlik uchun gerb yig'imi miqdorini tasdiqlash to'g'risida”gi 119-sonli qaroriga asosan BHMning 15 foizi miqdorida har bir gerbli guvohnoma uchun gerb yig'imi undirilishi belgilangan.

Savolga Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova javob berdi.

ShU BILAN BIRGA, AGAR ShAXS ISMIGA «-XON», «-XO'JA», «-XOJI», «-BEK», «-BONU», «-BIBI», «-BEGIM», «-ZODA», “MIR-“, “ABDU-“ QO'ShIMChALARINI, OTA ISMINI YoZIShDA «-EVICh», «-OVICh», «-EVNA», «-OVNA», «QIZI», «O'G'LI», «-IY», «-ZODA» QO'ShIMChALARINI KIRITIShNI YoKI ShU KABI QO'ShIMChALARNI OLIB TAShLAShNI ISTASA, BU HOLAT ShAXSNING YoShIDAN QAT'IY NAZAR, DALOLATNOMA YoZUVIGA QO'ShIMChA KIRITISh YO'LI BILAN AMALGA OShIRILADI.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™