Xayirli tong, Guest!
Soat: 07:17
LoginA'zo bo'lish
Turkiyada falokat: rossiyalik sayyoh vafot etgan, o'nlab kishi jarohat olgan

 11 APREL, 16:10 87

.

Turkiyada rossiyalik sayyohlarni Kapadokiyaga olib ketayotgan avtobusda avariya yuz bergan. Voqea natijasida bir Rossiya fuqarosi vafot etib, yana 26 kishi turli darajadagi tan jarohati olgan.

Rossiyaning Anqaradagi elchixonasi Feysbukda avtobus zovurga tushib, ag'darilib ketgani haqida xabar tarqatgan. Xabarlarga ko'ra, Rossiyaning 32 nafar sayyohi bo'lgan avtobus Konya - Oqsaroy yo'nalishi bo'yicha harakatlanib, soat 09:30 atrofida bo'lgan falokatga uchragan.

 «Yo'l-transport hodisasida 26 nafar Rossiya fuqarosi jarohat oldi. Rossiyalik sayyohlardan birining o'limi haqida rasmiylar tasdiqlaganligi haqida xabar berishdan afsusdamiz. Yaradorlar Konya va Selchuxan aholi punktlaridagi eng yaqin kasalxonalarga etkazilgan», - deyiladi xabarda.

Ma'lum bo'lishicha, Rossiya elchixonasining ikki xodimi zudlik bilan voqea joyiga jabrlangan ruslarga konsullik yordami ko'rsatish va voqea sharoitlariga oydinlik kiritish uchun borgan. “Antaliyadagi elchixona va bosh konsullik mahalliy hokimiyat bilan aloqada. Biz marhumning oila a'zolari va do'stlariga hamdardlik bildiramiz, jarohat olganlarning tezroq sog'ayib ketishini tilaymiz”, - deyiladi diplomatik vakolatxona xabarida.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™